Soliq statistikasi indd


Qo‘shilgan qiymat solig‘i oborotini aniqlash va



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

7.4.Qo‘shilgan qiymat solig‘i oborotini aniqlash va 
uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili asosida 
prognozlashtirish
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni 
hi soblashda uning soliq bazasi va unga ta’sir qiluvchi omillarni 


221
aniqlashimiz zarur. Soliq solish bazasi, realizatsiya qilinayotgan 
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmagan holda belgilanadi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan 
narxdan (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olingan holda) 
past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda, soliq to‘lovchiga o‘z 
ehtiyojlari uchun ushbu tovarlar berilganda (ishlar bajarilganda, 
xizmatlar ko‘rsatilganda), shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
bepul berilganda soliq solish maqsadlari uchun soliq solinadigan 
baza tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxidan yoki 
tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlar 
hisobga olingan holda) kelib chiqib belgilanadi. 
Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallardan tay yor-
langan mahsulotlar realizatsiyasida, soliq solinadigan baza qo‘-
shilgan qiymat solig‘ini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xiz-
matlarining qiymati asosida, hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ini 
hisobga olgan holda(aksiz solig‘i to‘langanda) belgilanadi.
Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash ishlari bo‘yicha qo‘ shil-
gan qiymat solig‘i bazasi shartnomaviy narxlardan va haqiqatda 
bajarilgan ish qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bun da, 
soliq solish bazasini aniqlashda qo‘shilgan qiymat solig‘i sum-
masini kiritmaydi. Agar materiallar bilan ta’minlash majburiyati 
bu yurtmachining zimmasida bo‘lsa, buyurtmachi materiallarining 
qiymati kiritilmagan holdagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi aniq-
lanadi.
Import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganda, soliq solina-
digan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qo‘shilgan qiymat 
solig‘isiz, aksiz solig‘ining summasi kiritilgan holda belgilanadi. 
Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import qilinganda hi-
soblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi qiymatdan past bo‘lishi 
mumkin emas. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiya qilinganda 
qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi ularning realizatsiya qilish narxi 


222
bilan qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi realizatsiya qilish narxi bilan 
qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq ichida hisoblanadi.
Moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berilgan mol-mulklarni 
realizatsiyasida qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solinadigan 
bazasi ularning chiqib ketayotgan aktiv qiymati bilan balans (qoldiq) 
qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. Qo‘shilgan 
qiymat solig‘i realizatsiya summasining ichida hisoblanadi.
Qurilishi tugallanmagan obyekt realizatsiyasi uchun qo‘shilgan 
qiymat solig‘i bazasi - obyektni realizatsiya qilish narxi bilan balans 
qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. 
Tovarlarni import qilishda soliq solinadigan baza o‘z ichiga 
tovarlarning bojxona qiymati, shuningdek tovarlarni import qi-
lishda to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘ini, bojxona bojlarining 
sum malarini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan respublika 
hududida bajarilgan ishlari, ko‘rsatilgan xizmatlarining realizatsiya 
qiymati soliq solinadigan oboroti deb e’tirof etiladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarini prognoz qilishda soliq 
solinadigan oborot va import hajmini tavsi
fl
ovchi ma’lumotlar soliq 
to‘lovchilar tomonidan taqdim qilinuvchi hisobotlardan yig‘iladi. 
Davlat soliq idoralarida bunday ma’lumotlar doimiy yig‘ilib, tahlil 
qilinib boriladi.
Oldingi yillarda erishilgan natijalarning o‘zgarish tendensiyasini 
o‘rganib qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi prognozlashtiriladi. 
Bunday prognozlash ikki usulda amalga oshirilishi mumkin.
Birinchi usulga asosan, soliq bazasiga ta’sir qiluvchi barcha 
omillarning oldingi yillardagi tendensiyasi o‘rganiladi va o‘rganish 
natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘ining kutilayotgan tushumi prog-
nozlashtiriladi. 
Ikkinchi usul bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumini oldin-
gi yillardagi o‘zgarish tendensiyasiga asoslanadi. Prognozlashning 
ik ki usulida ham ekstropolyatsiya metodlaridan foydalaniladi. Hi-


223
sob-kitob natijalariga kutilayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, 
e’tiborga molik bo‘lgan omillarni o‘zida mujassamlashtiriluvchi 
koef
fi
tsiyentlarni ko‘paytirib, prognoz ko‘rsatkichlarni tartibga so-
lish mumkin.
7–12-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin