220
Davlat soliq idoralariga taqdim qilingan soliq va boshqa hiso-
botlar asosida qo‘shilgan qiymat solig‘i prognozini tashkil qilish
uchun zarur ma’lumotlar yig‘iladi.
Tumanlar miqyosida hisoblangan soliqlar bo‘yicha tushumlar-
ning prognoz summalari esa viloyat
soliq boshqarmalarida jamla-
nib Dav lat soliq qo‘mitasiga uzatiladi.
Xuddi shu tariqa respublika miqyosida soliqlar bo‘yicha tu-
shum larning prognoz summalari ham barcha hududiy davlat so-
liq boshqarmalaridagi kutilayotgan tushumlarni jamlash orqali hi-
soblab chiqiladi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (korxona ma’lumotlari) asosida
prognoz qilish usulida soliqlar bo‘yicha
kutilayotgan tushumlar hi-
sob-kitobi soliq to‘lovchilarning soliq organlariga taqdim etadigan
moliyaviy va buxgalteriya hisobotlari (balans, moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot va boshqa ma’lumotlari asosida amalga oshi-
riladi.
Mazkur usulda katta hajmdagi moliyaviy
va buxgalteriya hiso-
botlari ma’lumotlarini yuritish zarur bo‘lganligi va bu juda ko‘p
vaqt talab qilganligi bois, soliq organlarida ushbu hisobotlarning
ma’lumotlari kiritib boriladigan dasturiy mahsuli ishlab chiqilgan
va kerakli ma’lumotlar avtomatlashgan
tarzda prognoz ishiga jalb
qilinadi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilish usulida
ham soliqlar bo‘yicha kutilayotgan tushumlar hisob- kitobi uch-
chala darajada, ya’ni tuman, hudud va
respublika miqyosida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: