11.2.Yagona soliq to‘lovi va uni prognoz qilish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumot manbalari
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilariga mikro
fi
rmalar va va ki-
chik korxonalar, xodimlarning sonidan qat’i nazar savdo va umu-
miy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar, oddiy shir-
kat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik
(ishtirokchi) - yakka tartibdagi tadbirkor kiradi.
Yagona soliq to‘lovi uchun belgilangan chegirmlar chegirib
tash langan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum-soliq solina di-
gan bazadir.
Yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
– tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo‘shilgan qiymat solig‘ini
chegirgan holda (qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tgan so-
liq to‘lovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum. To-
varlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tu-
shum deganda quyidagilar tushuniladi:
– qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o‘z
kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’-
mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-
tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushum;
– savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun - tovar oboroti;
– mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxs-
lar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi;
– vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik
xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vo si-
tachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun - ko‘r sa-
tilgan xizmatlar uchun haq summasi;
– tayyorlov tashkilotlari uchun - realizatsiya qilingan tovarlar-
ning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida hi-
soblab chiqarilgan yalpi daromad;
341
– lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun - o‘yin chiptalarini ularda
ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tarqatishdan tushgan tushum;
– tovarlarni tannarxidan yoki olish bahosidan past baholarda
realizatsiya qiluvchi, shuningdek tovarlarni tekinga beruvchi yuri-
dik shaxslar uchun - tovarlar tannarxi yoki ularni olish bahosi.
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solish bazasini aniqlashda
quyidagilar chegrib tashlanadi:
– davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;
– to‘lov manbada soliq solinadigan dividendlar va foizlar tari-
qasida olingan daromadlar;
– hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;
– ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiy-
mati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
– mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida
va asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi
qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan
boshqa daromadlar;
– to‘liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni realizatsiya qi-
lishdan yoki tugatishdan olingan daromadlar.
Bundan tashqari, yagona soliq to‘lovi tizimida bo‘lgan ayrim
faoliyat turlari uchun soliq bazani kamaytiruvchi alohida chegirma
turlari belgilangan. Xususan:
– avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun - jismo-
niy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi hamda ben zin,
dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxob-
chalarining belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana
narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy budjetga o‘tkazilishi
lozim bo‘lgan farq summasiga;
– lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshi rish doirasida yuridik shaxslar uchun - yutuq (mukofot) fondi-
342
ning summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning
(mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo‘lmagan miqdo riga;
– brokerlik tashkilotlari uchun - bitim summasidan birjaga o‘t-
kaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;
– vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachilik xiz-
matlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - realizatsiya qilingan
tovar ulushida tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lov-
lari summasiga.
Kichik korxonalar va mikro
fi
rmalarning hisoblab chiqarilgan
soliq solinadigan bazasi yangi texnologik asbob-uskunalar olishga,
yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan xodimlarga ipoteka kreditlari
bo‘yicha badallar to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga
hami kamaytiriladi. Bunda soliq solish bazasining yangi texnologik
asbob-uskunalar olishga yo‘naltirilgan mablag‘ uchun kamaytirilgan
miqdori ko‘pi bilan 25 foizigacha, yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan
xodimlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha badallar to‘lashga va mulk
qilib uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi ko‘pi
bilan 10 foizigacha amalga oshiriladi.
Yagona soliq to‘lovining soliq solish bazasini hisoblashda
quyidagilar soliq obyekti deb qaralmaydi:
– ustav fondiga olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni
(ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan
ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi
faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag‘lar;
– muassislar tarkibidan chiqilayotganda, shuningdek tugatila-
yotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari o‘rtasida
taq simlanayotganda ustav fondiga hissalar doirasida olingan mab-
lag‘lar;
– shartnoma muassislari umumiy mulkidagi hissasi qaytarib
berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, oddiy shirkat
shartnomasi sherigi tomonidan hissasi miqdorida olingan;
– realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun ol-
dindan haq to‘lash (bo‘nak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan;
343
– mulk huquqi ularga o‘tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun
hujjatlariga muvo
fi
q ta’minlash sifatida garov yoki zakalat tarzida
olingan mablag‘lar;
– budjetdan berilgan subsidiyalar;
– agar mablag‘larni o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘r-
sa tish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa,
tekin olingan mablag‘lar;
– olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
– aksiyador – yuridik shaxsning o‘tgan yillarning taqsimlan-
magan foydasi ustav fondini ko‘paytirishga yo‘naltirilganda qo‘-
shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiy ma-
tini ko‘paytirish tariqasida olingan daromadlari;
– sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta
sum masi) tariqasida olingan mablag‘lar;
– vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, top-
shiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga oid
boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati
bi
lan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi
uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan
xa rajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk;
– obyekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) to mo ni-
dan olingan ijara (lizing) to‘lovining bir qismi tarzida qop la nishi;
– telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vo-
sitalardan foydalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xiz-
matlar;
– ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining muas sis-
laridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun
olingan mablag‘lar;
– investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli
dav lat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvo
fi
q investitsiya
maj buriyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
344
11–1-jadvalda mikro
fi
rma va kichik korxoanlar uchun belgi lan-
gan soliq stavkalari keltirilgan.
11–1-jadval
Mikro
fi
rmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari
21
Dostları ilə paylaş: |