Soliq statistikasi indd


Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini 
aniqlash usuli
T/r
Soliq turi
Soliqqa tortish bazasini aniqlash 
xususiyati
1.
Yuridik shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan 
soliq
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
bo‘yicha - asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati
2.
Jismoniy shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan 
soliq
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ 
tomonidan belgilanadigan soliq solish 
obyektlarining inventarizatsiya qiymati
3.
Yuridik shaxslardan 
olinadigan yer solig‘i
Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer 
uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan 
holdagi umumiy maydoni
4.
Jismoniy shaxslardan 
olinadigan yer solig‘i
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga 
oshiruvchi organning yer uchastkalarining 
maydoniga doir ma’lumotlari
5.
Avtotransport vositalarini 
olganlik va (yoki) 
O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun yig‘im
Olingan yoki O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan 
avtotransport vositalari dvigatelining 
ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport 
vositalarining qiymati
Respublika hududiga kiruvchi har bir chet 
el avtotransport vositalari, jumladan yuk 
tashuvchi avtotransport vositalari, yuk 
tashuvchi avtotransport vositasining yuk 
ko‘tarish quvvati, tranzit avtotransport 
vositalari
6.
Yagona yer solig‘i
yer uchastkalarining qonun hujjatlariga 
muvo
fi
q belgilangan normativ qiymati


81
Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq 
bazasini aniqlash usuli vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning 
mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik va jismoniy shaxslardan 
olinadigan yer solig‘i, avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik 
uchun yig‘im, yagona yer solig‘i hisoblanadi. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi 
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 267-moddasiga aso-
san aniqlanadi. Mazkur moddaga asosan soliq solinadigan baza 
aso siy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha - asosiy vositalar 
va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati doirasida 
belgilanadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qoldiq 
qiy mati ularning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan hisoblab 
chiqilgan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati hisobot 
davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish 
obyektlarining qoldiq qiymatlarini qo‘shishdan olingan summa o‘n 
ikkiga bo‘lib topiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi 
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi 
organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining inven-
tarizatsiya qiymati me’yorida belgilanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi O‘zbekiston 
Respublikasi soliq kodeksining 281-moddasi asosida aniqlanadi. 
Mazkur moddaga asosan soliq solinmaydigan yer uchastkalari may-
donlari jami yer maydonidan chegirib tashlanadi. Ayirish natijasi 
so liq bazasi deb ataladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi ko‘chmas 
mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga 
oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’-
lumotlari, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun 
ajratilgan, shuningdek, yakka tartibdagi garajlar egallagan yer 
may donlari uchun soliqqa tortish bazasi esa – yer uchastkalarini 


82
bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari asosida 
aniqlanadi.
Yagona yer solig‘i bazasi sifatida soliq solinadigan yer uchast-
kalarining normativ qiymati e’tirof etiladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qol-
diq qiymati, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘y-
xatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish 
obyektlarining inventarizatsiya qiymati mol-mulk solig‘i bazasiga 
ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu omillar 
miqdoriy qiymatining oshishi soliq bazasini oshishiga olib ke-
ladi. Aksincha, korxonalar ixtiyorida bo‘lgan asosiy vosita va no-
moddiy aktivlarning eskirishi, hisobdan chiqarilishi, korxona va 
tashkilotlarning sonini kamayishi mol-mulk solig‘i bazasini sezi-
larli darajada kamayishiga olib keladi.
3–5-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin