167
9. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
10. Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)
11. Moliyaviy faoliyatning daromadlari, shu jumladan:
12. Dividendlar
shaklidagi daromadlar
13. Foizlar shaklidagi daromadlar
14. Uzoq muddatli ijara (lizing) dan daromadlar
15. Valuta kursi farqidan daromadlar
16. Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari
17. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar shu jumladan:
18. Foizlar shaklidagi xarajatlar
19.
Uzoq muddatli ijara (lizing) bo‘yicha
foizlar shaklidagi
xarajatlar
20. Valuta kursi farqidan zararlar
21. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar
22. Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)
23. Favqulotdagi foyda va zararlar
24 Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) .
25 Daromad (foyda) solig‘i
26 Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
27 Hisobot davrining sof foydasi (zarari)
O‘tgan yilning shu davrida, hisobot
davrida olingan daromad-
lar (foyda), qilingan xarajatlar (zararlar) to‘g‘risida ma’lumotlar
moliyaviy natija to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlaridan oli
na-
di. Ayniqsa yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini prog-
nozlashda o‘rganiluvchi yalpi foyda, asosiy faoliyatdan olingan
foy da, umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), soliq
168
to‘languncha olingan foyda ko‘rsatkichlari aynan moliyaviy natija
to‘g‘risidagi hisobotdan olinadi.6–7-jadvalga qarang.
Hisobot ko‘rsatkichlari “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini
shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda quyidagi formula
asosida ifodalanadi:
YaF=SST-IT
ya’ni YaF-yalpi foyda, SST-sotishdan olingan sof tushum, IT-so til-
gan mahsulotning
ishlab chiqarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan olingan foydani aniqlash uchun quyidagi
formuladan foydalanamiz:
AFF=YaF-DX+BD-BZ.
Bunda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda, DX-davr xara jat-
lari, BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, B3-asosiy
faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
– umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar).
UF=AFF+MD-MX
bunda UF-umumxo‘jalik
faoliyatidan olingan foyda; MD-moliyaviy
faoliyatdan daromadlar; MX-moliyaviy faoliyat xarajatlari;
– soliq to‘languncha olingan foyda.
STF=UF+FP-F3
bunda STF-soliq to‘laguncha olingan foyda;
FP-favqulodda va-
ziyatdan olingan foyda; F3-favqulodda vaziyatdan ko‘rilgan zarar.
Foyda solig‘i to‘laguncha olingan foyda yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ini prognozlashda asosiy, bazoviy ko‘rsatkich
hisoblanadi.