Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 141,56 Kb.
səhifə4/5
tarix18.05.2023
ölçüsü141,56 Kb.
#116462
1   2   3   4   5
imona

Qayta o’zlashtirish ishi.
Mavzu: O’zbekiston Respublikasida soliqlar va yig’imlar tizimi.
Reja: 1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi
2. Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari 
3. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o’z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil etish masalalarini o’rgatadi. Bu tizimning roli va tuzilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta‘rif soliq tizimini keng ma‘noda tushunish demakdir.
O’zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimidan iborat.
Soliq Kodeksining 23-moddasida e‘tirof etilganidek, O’zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to’lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
2. Daromaddan olinadigan soliqlar.
3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Qurilish fakulteti. QMB va KICH yo’nalishi 71-19 guruh talabasi


Ortiqova Gulsanamning “Soliq va soliqqa tortish” fanidan .
Qayta o’zlashtirish ishi.
Mavzu: Aksiz solig’i.
Reja: 1. Aksiz solig’ini to’lovchilar.
2. Aksiz solig’I solinadigan obyekt .
Mamlakatimizda aksiz solig’i 1992 yilda joriy etildi. Aksiz solig’i individual harakterga ega bo’lib, faqat aksiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qo’llaniladi. U bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Qo’shilgan qiymat solig’i tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Demak, faqat aksiz solig’i ayrim tovar va mahsulotlarga nisbatan qo’llaniladi, ya’ni ular bilan chegaralangan.
Aksiz solig’i egri Soliqlar tarkibiga kiradi. U Qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab junatilgan tovarlar qiymatining bir qismini byudjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig’i Respublika byudjetiga tulik kelib tushadi. U byudjet daromadlarini shakllantirishda salmokli o’rinni egallaydi.

Yüklə 141,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin