Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 141,56 Kb.
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü141,56 Kb.
#116462
  1   2   3   4   5
imona


Qurilish fakulteti. QMB va KICH yo’nalishi 71-19 guruh talabasi
Ortiqova Gulsanamning “Soliq va soliqqa tortish” fanidan .
Mustaqil ishi.
Mavzu : Soliq elementlari.
Reja: 1. Soliq elementlarining mohiyati va tarkibi.
2. Soliq sub’ekti .
3. Soliq agenti.
Soliq elementlari haqida gap borganda ko’pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so’z yuritiladi. Shu o’rinda soliqqa tortish tizimi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo’lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo’yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini o’z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo’li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o’zgarmas bo’lib ko’rinsada, uning shakl-shamoyili va yo’nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog’liq bo’ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o’z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo’nalishiga bog’liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko’proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog’liq.
Soliq sub’ekti - soliq to’lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq sub’ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o’zaro majmuasi bo’lib, unda bir tomondan soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari - Davlat soliq qo’mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O’z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq sub’ekti sifatida namoyon bo’lmaydi. Chunki, bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq sub’ekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Ammo, barcha soliq xizmati organlari soliq sub’ekti sifatida qatnashadi.

Yüklə 141,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin