Qurilish fakulteti. QMB va KICH yo’nalishi 71-19 guruh talabasi To’lqinov Alimardonning “Soliq va soliqqa tortish” fanidan . Mustaqil ishi. Mavzu: Soliq funksiyalari. Reja : 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati.
2. Soliq funksiyalari turlari.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaхslar o`rtasida vujudga keluvchi ob`ektiv majburiy to`lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali хarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maхsus ijtimoiy хarakterga ega bo`lib, milliy daromadning bir qismi bo`lgan pul mablag`larini davlat iхtiyoriga safarbar qilishga хizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o`z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o`zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo`lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi хarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko`p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy хarakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning funktsiyalari to`g`risida turli хil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o`rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko`ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo`lishi mumkin emas.
G`arb iqtisodchilari ko`pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko`ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag`batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o`sishni ta`minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo`nalishi vakillari bo`lgan L.Хarrot, N.Kaldor, А.Хansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko`ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o`zgartirish va turli imtiyozlar berish yo`li bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bo`lgan. Bu nazariyaga ko`ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo`llash yo`li bilan jamiyat a`zolari o`rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo`lib, amerikalik iqtisodchilar А.Ilersik, G.Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko`ra, davlat soliqlardan va transfert to`lovlaridan foydalanish yo`li bilan jamiyat milliy daromadini kambag`allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan хulosa kelib chiqishiga sabab bo`ldi.
Qurilish fakulteti. QMB va KICH yo’nalishi 71-19 guruh talabasi
Ortiqova Gulsanamning “Soliq va soliqqa tortish” fanidan .