Aksiz solig’ini to’lovchilar Aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chikaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi.
Aksiz solig’i solinadigan obyekt Aksiz solig’i obyekti Soliq kodeksining 230-moddasida aks ettirilgan, Ushbu moddaga ko’ra quyidagi operasiyalar aksiz solig’i solinadigan obyekt bo’lib hisoblanadi:
aksiz to’lanadigan tovarlarni realizasiya qilish;
aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) xissa yoki pay badali tariqasida topshirish;
aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda topshirish;
aksiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlashga topshirish;
Qurilish fakulteti. QMB va KICH yo’nalishi 71-19 guruh talabasi
Ortiqova Gulsanamning “Soliq va soliqqa tortish” fanidan .
Qayta o’zlashtirish ishi.
Mavzu: Jismoniy shaxslarning daromadini soliqqa tortish.
Reja: 1. Jismoniy shaxslar to‘Iaydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi.
2. Jismoniy shaxslar to‘laydigan umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda . boshqa majburiy to‘lovlar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ulaming tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tizimini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxsiarga 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganiar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat budjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar budjetga naqd va naqdsiz pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, mol-mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar. Jismoniy shaxsning huquq layoqati - bu fuqarolik huquqlari, burchlariga ega bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 yoshda, ya’ni fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda).
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti tizimida respublika budjeti asosiy o'rinni egallaydi. U umumdavlat resurslaming bir qismini bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvshi va farmoyish beruvchi oliy organi - 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvni ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlami (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlami, eng muhim ijtimoiy tadbirlami, mudofaa, boshqaruv, tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralami) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar ikki turga: 1 - umumdavlat soliqlari; 2 - mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Jismoniy shaxslar umumdavlat soliqlaridan quyidagilami to'laydilar: 1- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 2- qat’i soliq; 3 - suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq. Jismoniy shaxslar mahalliy soliqlardan quyidagilarni to'laydilar: 1- yer solig'i; 2- mol-mulk solig'i.