Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 92,76 Kb.
səhifə3/9
tarix22.12.2023
ölçüsü92,76 Kb.
#189570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2023

Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Bugungi kunda avvalo, tovar-moddiy zaxiralarining tarkibi, holati, harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e'tibor berish lozim. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o‘zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini – moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish, tovar- moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash, qo‘riqlash, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va boshqalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishi lozim.
BHXS (IAS) 2 “Zaxiralar” nomli standartning maqsadi tovar-moddiy zaxiralarni (TMZlarni) hisobga olish tartibini belgilashdan iboratdir. TMZlarni hisobga olishda asosiy masala bo’lib TMZlarning tannarxi qanday summada aktiv sifatida tan olinishi va ular bilan bog’liq bo’lgan daromadlar kelgusi davrlarda tan olinguncha hisobga olinishi kerakligi hisoblanadi. Ushbu Standart tannarx va uning keyinchalik xarajat sifatida tan olinishi, shu jumladan uning har qanday sof sotish qiymatigacha kamaytirilishi bo’yicha ko’rsatmalarni beradi. U, shuningdek, tovarmoddiy zaxiralarning tannarhini aniqlashda qo’llaniladigan tannarxni hisoblash formulalari bo’yicha ko’rsatmalarni keltiradi.
Ushbu standart, quyidagilardan tashqari, barcha tovar-moddiy zaxiralarga nisbatan qo’llaniladi:

  • qurilish shartnomalari, shu jumladan ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmat shartnomalari ostida kelib chiqadigan tugallanmagan ishlab chiqarish (BHXS 11 “Qurilish Shartnomalari” ga qarang);

  • moliyaviy instrumentlar (BHXS 32 “Moliyaviy Instrumentlar: Taqdim etish” va MHHS 9 “Moliyaviy Instrumentla”r ga qarang); va

  • qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar va yig’im jarayonidagi qishloq xo’jaligi hosillari (BHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”).

Ushbu Standart quyidagilar egaligidagi tovar-moddiy zaxiralarga nisbatan qo’llanilmaydi:

  • qishloq va o’rmon xo’jaliklari mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, yig’imdan so’nggi qishloq xo’jaligi hosillari, foydali qazilmalar va qazilma mahsulotlari, agar ular shu sohalarda o’rnatilgan ilg’or amaliyotlarga muvofiq sof sotish qiymati bo’yicha baholanadigan bo’lsa. Agar bunday TMZlar sof sotish qiymati bo’yicha baholanadigan bo’lsa, ushbu qiymatdagi o’zgarishlar shu o’zgarish ro’y bergan davrdagi foyda yoki zararida tan olinadi.

  • o’z TMZlarini sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’yicha baholaydigan, tovarlarni sotuvchi broker-treyderlari. Bunday TMZlar sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olinganida, sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatdagi o’zgarishlar o’zgarish ro’y bergan davrdagi foyda yoki zararida tan olinadi.

Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo’lsa, o’sha bo’yicha baholanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narhi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan xo’jalik sub’ektiga keyinchalik qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq boshqa jami xarajatlar kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ishlash xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq xarajatlar, masalan bevosita mehnat xarajatlari, kiradi. Ularga, shuningdek, materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda amalga oshiriladigan va sistematik tarzda taqsimlanadigan doimiy va o’zgaruvchan ustama xarajatlar ham kiradi. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari - bu ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar nisbatan doimiy bo’lib qoladigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan ishlab chiqarish binolari va uskunalarining eskirishi va ularni saqlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari. O’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari bu ishlab chiqarish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki deyarli to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan bilvosita materiallar va bilvosita mehnat xarajatlari.
Boshqa xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina, kiritiladi. Masalan, no-ishlab chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o’rinli bo’lishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi:

  1. me’yoridan tashqari sarflangan xom ashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi;

  2. saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari uchun talab etilmasa;

(v) tovar-moddiy zaxiralarni xozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish bilan bog’liq bo’lmagan ma’muriy ustama xarajatlar; va (g) sotish xarajatlari.
MHXS 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar” olingan qarzlar bo’yicha xarajatlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan kamdan-kam hollarini belgilaydi.
Xo’jalik sub’ekti tovar-moddiy zaxiralarni kechiktirib to’lash shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday kelishuv amalda moliyalashtirish elementini o’z ichiga olsa, bu element, masalan, odatdagi shartlarda kreditga sotib olish narhi va to’lov summasi orasidagi farq, ushbu moliyalashtirish davrida foiz xarajatlari sifatida tan olinishi shart.

Kompaniyaga kirim qilinadigan zaxiralarimiz tovarlar yoki xom ashyo va materiallar ko‘rinishida bo‘ladi. Ularning harid qilinishida tannarxni aniqlash uchun 2-son BHXSning 11-bandi qo‘llanadi. Unga ko‘ra, “Zahiralarning xarid qilish sarflari xarid narxi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq organlari tomonidan tashkilotga keyinchalik qoplanadigan soliqlardan tashqari), shuningdek, tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlar tannarxiga bevosita kiritiladigan boshqa sarflarni o‘z ichiga oladi. Savdo chegirmalari, ribeyt chegirmalar va shu kabilar xarid qilish sarflaridan chegiriladi”.


Sharh: Harid qilish sarflari=harid narxi+import bojlari+qoplanmaydigan soliqlar va boshqa bevosita sarflar.
Qoplanadigan soliqlar, masalan, QQS zaxira harid qilish sarfiga kiritilmaydi.
Agar dastlab qoplanadigan deb hisoblangan, lekin ma'lum holat yuz berish oqibatida koplanishi bekor qilingan QQS summalari zaxira tannarxiga kapitallashtirilmaydi. Aksincha, foyda va zararga olib boriladi.
Zaxiralarning harid narxi ba'zi operatsiyalarda, masalan, ustav fondiga ulush sifatida zaxiralar berilishida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliga muvofiq ta'sischilar tomonidan belgilangan qiymat bilan kiritilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Lekin bunday hollarda mazkur standartni qo‘llashda haqqoniy qiymatni olinishi kontseptual asosga muvofiq keladi. Zaxiralarni kirim qilishda ularni harid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan rad etib bo‘lmas sarflar zaxira tannarxi kiritilishi ko‘rsatilgan. Misol tariqasida, import bojlari, koplanmaydigan soliqlar, tashish va ortish-tushirish sarflari keltirilgan.
Amaliyotda, xarid qilish bilan bog‘liq vaqtinchalik saqlash yoki sug‘urtalashga oid sarflar, ta'minotchiga to‘lanadigan vositachilik haqi bo‘yicha savollar yuzaga kelishi mumkin. Bunday sarflarni tannarxga kiritish bo‘yicha mulohaza yuritishda ushbu sarflarning amalga oshirilishi zaxiralar xaridiga bevosita bog‘liqligi va rad etib bo‘lmasligini hisobga olish zarur. Chegirmalar umumiy holatda zaxiralar xarid qiymatidan chegirilishi ko‘rsatilgan. Lekin, standartda alohida chegirmalar turlari va ribeyt to‘g‘risida izohlar mavjud emas. Chegirmalarni hisobga olish tartibi bo‘yicha alohida maqola tayyorlanadi. Shuningdek, zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilishda yuzaga keladigan kurs farqlariga oid munosabatlar 21-son BHXS “Valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarning ta'sirlari” da keltirilgan.



Yüklə 92,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin