Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 92,76 Kb.
səhifə8/9
tarix22.12.2023
ölçüsü92,76 Kb.
#189570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2023

Sof sotish qiymati – tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Har bir modda bo‘yicha usul - tovar-moddiy zaxiralarning har moddasi (navi, markasi, turi va shu kabilar) tannarxi va sof sotish qiymati solishtiriladi (taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti har bir modda bo‘yicha moliyaviy hisobotga kiritiladi.
Asosiy tovar guruhlari usuli - tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti, TMZlarning har bir kategoriyasi yoxud guruhi bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib aniqlanishi ko‘zda tutiladi.
Zaxiralar umumiy hajmi usuli - tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining umumiy summasi va sof sotish qiymatining umumiy summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

«Tovar-moddiy zaxiralar saqlanishini audit qilinishining asosiy usuli, eng avvvalo, qayta ro’yxatdan o’tkazish hisoblanadi. Ko’pchilik kamomad va o’g’irliklar qayta ro’yxatdan o’tkazish orqali ochiladi. Yalpi ro’yxatdan o’tkazish eng ko’p amaliy samara beradi. Odatda, hisobning yomon ahvolda ekanligi sababli boyliklar o’g’irlanganligi yoki kamomadi; moddiy javobgar shaxslar o’zgarganida boyliklarni berish dalolatnoma bilan rasmiylashtirilmaganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo’lgan taqdirda o’tkazilgan tekshirishlar chog’ida shunday ro’yxat o’tkaziladi» 16 . Oddiy sharoitlarda tovar-moddiy zaxiralar mavjudligi turli moddiy javobgar shaxslar qo’l ostidagi boyliklar tanlab ro’yxatdan o’tkazilishi yo’li bilan tekshiriladi. Auditor tanlaydigan tovar-moddiy zaxiralarninggina tekshirilishi tanlab qayta ro’yxat qilishga xos xususiyat hisoblanadi. Tekshirish natijalari yalpi qayta ro’yxat qilishdagi singari oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ro’yxat qilishda qayta ro’yxat qilishga oid amaldagi asosiy nizomlarda bayon etilgan qoidalarga rioya qilinadi. Omborlarda va ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar, ulardan yasalgan buyumlar, spirt va benzinning mavjudligini tekshirish tartibi maxsus yo’riqnomalarda belgilangan. Qoidalar va yo’riqnomalarga yagona qo’shimcha shundan iboratki, qo’shimcha ro’yxat o’tkazishda auditor qatnashadi, u korxonaning qayta ro’yxat qilish komissiyasi a’zolari va moddiy javobgar shaxslar bilan birgalikda qayta ro’yxat qilish hujjatiga imzo chekadi va ro’yxat qilish yakunlarini chiqarishda ishtirok etadi. Tovar-moddiy zahiralar mavjudligini tekshirishdan oldin tosh-tarozi, o’lchaydigan tara, o’lchov asboblari bor yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. Moddiy javobgar shaxsdan barcha kirim-chiqim hujjatlarni buxgalteriyaga topshirganligi va unda kirim qilinmagan va xarajatlar hisobiga o’tkazilmagan tovar-moddiy zaxiralar yo’q ekanligi to’g’risida tilxat olishi zarur. qayta ro’yxatdan o’tkazish davrida tovar-moddiy zaxiralar sarfi bo’yicha omborda hech bir harakat sodir etilmasligi sabali ishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida tekshirish boshlanishidan oldin tsexlar, uchastkalar, bo’linmalarga butun ro’yxatdan o’tkazish davri uchun etarli miqdorda materiallar berib qo’yiladi. Qayta ro’yxat qilish usuli tovar-moddiy zaxiralarni sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan tekshirishdan iborat bo’ladi. Tovar-moddiy zaxiralarni ro’yxat qilish, odatda, boyliklarning omborda joylashuvi tartibida amalga oshiriladi. Ro’yxat qilish chog’ida tartibsiz ravishda bir materialdan ikkinchi materialga o’tilishiga yo’l qo’yilmasligi kerak. Materiallar bir moddiy javobgar shaxsda har xil alohida binolarda saqlangan taqdirda, ro’yxat qilish ularni saqlanish joylari bo’yicha izchil amalga oshiriladi. Boyliklar tekshirilganidan keyin ro’yxat qilish tugagunga qadar binolar muhrlab qo’yiladi. Moddiy javobgar shaxs e’tiroz bildirishini oldini olish uchun ro’yxatning bir nusxasini moddiy javobgar shaxsning o’zi yuritgani ma’qul. Bunda ro’yxatning har bir sahifasi to’ldirilgandan keyin ushbu nusxa ro’yxat komissiyasi tomonidan 62 to’ldiriladigan asosiy nusxa bilan solishtiriladi. Qayta ro’yxat qilish tamom bo’lgandan keyin moddiy javobgar shaxs bilan barcha tekshirilgan boyliklarni saqlash uchun qabul qilib olganligini hamda ro’yxat to’g’ri amalga oshirilganligini va komissiyaga e’tirozi yo’qligini yozma ravishda tasdiqlaydi. Qayta ro’yxat qilish natijalarini aniqlash uchun qo’llanilgan narxlar, narx belgilash va barcha hisob-kitoblarning to’g’riligi puxta tekshirilishi kerak. Aniqlangan xatolar tuzatiladi hamda komissiyaning barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslarning imzosi bilan qayd qilinadi. So’ngra qayta ro’yxat qilish chog’ida hisob ma’lumotlarida tafovut aniqlangan bo’lsa, ana shu boyliklar bo’yicha taqqoslash vedemostlari tuziladi. qayta ro’yxat qilish natijalarini aniqlash uchun materiallar qoldig’i daftarlari (tabulyagramma)lardan foydalanish mumkin. Ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar qiymati taqqoslash vedemostlarida ularning hisob registrlaridagi bahosi bilan muvofiqlashtiriladi. Audit jarayonida yo’ldagi tovar-moddiy zaxiralar qiymatini hisobga olish ma’lumotlarining haqiqiyligi tekshiriladi. Ular 1000-«Xom ashyo va materiallar» schyotining tegishli subschyotlarida hisobga olinadi. Ularning tarkibida o’z vaqtida transport tashkilotlari tomonidan da’vo qo’zg’atilmagan yo’qolgan yuklar boryo’qligi tekshirilishi zarur. Ko’rsatib o’tilgan subschyotda etishmagan yuklar bo’lgan yoki yo’ldagi tovar-moddiy zaxiralar ma’lum muddat o’tgandan keyin korxonaga kelib tushgan bo’lsa ham, ularni zarur hisobga olish yo’qligi sababli faktura qilinmagan mahsulot sifatida hisobga olish hollari uchrab turadi. Ya’ni yuborilgan va faktura qilinmagan tovarlarni ham, yo’ldagi materiallarni ham analitik hisobi puxta tekshirilishi zarur. Yo’ldagi materiallarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ularning 6-jurnal-dalolatnoma ma’lumotlari bo’yicha qoldig’i analitik hisob ma’lumotlari va birlamchi hujjatlar bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari haqi to’langan tovar-moddiy zaxiralarning korxonaga o’z vaqtida kelib tushishi ustidan ichki nazoratning ahvoli tekshiriladi. Korxona ehtiyojlari uchun materiallarning ombordan berilishiga oid oeratsiyalarni, shuningdek materiallarning chetga sotilishini puxta tekshirish 63 muhim masala hisoblanadi, chunki markaziy ombordan materiallarning berilishini to’g’ri tashkil etish ulardan ishlab chiqarishda tejab foydalanishda katta ahamiyatga egadir. Sarf-xarajat operatsiyalarini tekshirish ishlari materiallarning ombordan ishlab chiqarishga, xo’jalik ehtiyojlari ichki aylanishga, sotish uchun o’z tizimidagi tashkilotlarga va boshqa tashkilotlarga berilishining asosiy yo’nalishlarini aniqlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish-foydalanish va tuzatish ehtiyojlari uchun materiallar sarflash normalari asosida belgilangan limitlarga muvofiq beriladi. Materiallarni limit asosida berish M-8 yoki M-9 shakldagi limit belgilash kartalari bilan rasmiylashtiriladi. Berish limitlarini reja-moliya bo’limi xodimlari ishtirokida ta’minot bo’limi ishlab chiqadi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Limit belgilash kartasidagi materiallarni, berishga oid barcha yozuvlarni ombor mudiri yuritadi. Oy oxirida limit belgilash kartasining birinchi nusxalari buxgalteriyaga kelib tushadi. Buxgalteriya ta’minot bo’limida tuzilgan limit belgilash kartalari reestri bo’yicha ularning tushishini nazorat qiladi. Limit belgilash kartalaridan qurilishda foydalanish birgallik birlamchi hujjatlar (talabnomalar, nakladnoylar) sonini keskin qisqartirish va moddiy javobgar shaxslar sonini kamaytirish imkonini beradi, bu materiallarni berish va ulardan foydalanish ustidan ancha puxta tezkor nazorat qilinishiga olib keladi. Biroq, agar materiallarni berish limitlari ularga bo’lgan ishlab chiqarish ehtiyojlari hisobga olinmay belgilansa, nazoratning mutlaqo samarasiz shakli bo’lib chiqishi mumkin. Shu sababli sarf-xarajatlar operatsiyasi auditida belgilangan berish limitining to’g’riligini tekshirish zarur. Buning uchun rejadagi limit materiallar ishlab chiqarish haqiqiy ehtiyoji bilan taqqoslanadi; tsexlarning materiallarga bo’lgan ehtiyojini hisoblab chiqishga qanday sarf-xarajat normalari asos qilib olinganligi, ishlab chiqarish omborlarida materiallar qoldig’i qay tarzda hisobga olinganligi aniqlanadi. Audit jarayonida ombordan xom ashyo va materiallarni haqiqatda berishda bu limitlarga qanday rioya qilinayotganligi aniqlanishi lozim. 64 Materiallarni berishda limit belgilash kartalaridan tashqari M-10 va M-11 shakllar va M-12 yoki M-13 nakladnoy shakllarning talabnomalari qo’llaniladi. Talabnomalarda birgallik ehtiyoj materiallarini, shuningdek taqchil va qimmatbaho materiallarni berishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tovar-moddiy zaxiralarni talabnoma bo’yicha berish tartibi tekshirilishi, ko’p marta iste’mol qilinadigan tovar-moddiy zaxiralar talabnomalar bilan rasmiylashtirilmayotganligini, talabnomalar bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar berilishini kim yozishini va kim ruxsat berishini aniqlash lozim. Brigadalarda va boshqa ishlab chiqarish bo’linmalarida ombordan tovarmoddiy zaxiralarning olib topshirilgan xodimlar ajratilgan-ajratilmaganligi, ular bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilgan-tuzilmaganligi, ombor mudiri tomonidan bu shaxslar ro’yxati va ular imzolari namunalari ma’lum qilingan-qilinmaganligi, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarni limitdan ortiqcha berish qanday tartibda rasmiylashtirilishi aniqlanadi. Sarf-xarajat operatsiyalarini tekshirish jarayonida alohida omborlar materiallar turlari bo’yicha tanlab materiallarni berish to’g’risidagi markaziy ombor ma’lumotlarini bo’linmalar moddiy javobgar shaxslarining mazkur materiallar olinganligi haqidagi hisobot ma’lumotlari bilan solishtirilishi zarur. Bu ko’rsatkichlar o’zaro teng bo’lishi kerak, chunki ular bir xil hujjatlarga asoslanadi. Korxonaning o’zi ularni har oyda mana shunday taqqoslab turishi zarur. Auditor bu operatsiyalarni ichki nazorat qilishning holatini o’rganadi. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ishlashga berish masalarini alohida diqqat bilan o’rganish zarur. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ishlashga berishning zarurligi va maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish kerak. Tovar-moddiy zaxiralarni berish va olingan tovar-moddiy zaxiralar to’liq kirim qilinganligi to’g’ri ekanligi aniqlanishi, ularni hisobga olish yo’lga qo’yilganligi hamda olingan boyliklarning haqiqiy tannarxi to’g’ri hisoblab chiqilganligi tekshirilishi zarur. Auditor moddiy resurslar sarfi haqidagi ma’lumotlar haqiqiy sarfga muvofiqligi hisobotda aks ettirilishini tekshirishi kerak. Agar hisobot ma’lumotlari bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar ortiqcha sarflanganligi aniqlansa, auditor eng 65 avvalo, uni keltirib chiqargan omillarni aniqlashi kerak. Bunda materiallarning qaysi turlari bo’yicha ortiqcha sarflanishga yo’l qo’yilganligi, materiallar sarfi rejasi amaldagi normalarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi aniqlanishi, shuningdek korxonada amal qiluvchi sarflash normalari kim tomonidan, qachon va ishlab chiqarishning qaysi texnik darajasi uchun tasdiqlanganligi tekshirilishi zarur

Xulosa
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, bizga qulaylik uchun , agar ularni qo'llash natijalari tannarx qiymatiga taxminan mos keladigan bo'lsa, inventarizatsiya narxini baholash usullari, masalan, me'yoriy xarajatlarni hisobga olish usuli yoki chakana narxlarni hisobga olish usuli qo'llanilishi mumkin . Normativ xarajatlar xom ashyo va materiallarni iste'mol qilish, mehnat, samaradorlik va unumdorlikning normal darajasini hisobga oladi. Ular muntazam ravishda tahlil qilinadi va agar kerak bo'lsa, hozirgi sharoitlarni hisobga olgan holda qayta ko'rib chiqiladi. Chakana narxlar usuli ko'pincha chakana savdoda bir xil foyda marjasiga ega bo'lgan ko'plab tez o'zgaruvchan moddalardan tashkil topgan inventarizatsiyani baholash uchun ishlatiladi, bunda xarajatlarni aniqlashning boshqa usullaridan foydalanish deyarli mumkin emas. Inventarizatsiya birligining tannarxi ma'lum bir inventarizatsiya birligining sotish narxini yalpi foydaning tegishli foiziga kamaytirish orqali aniqlanadi . Amaldagi foiz miqdorini aniqlashda qiymati dastlabki sotish narxidan past darajaga tushirilgan zaxiralar hisobga olinadi.



Yüklə 92,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin