6-rasm ma’lumotlari tahlilidan kelib chiqib shunday xulosaga kelishimiz mumkinki 2019 yilgi jami byudjet tushumlari 2018 yilga nisbatan keskin o’sgan. Soliqlar tarkibida esa 2018 yilga nisbatan bilvosita soliqlar miqdori yuqori bo’lgan.
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Respublikamizda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining asosiy daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlar va yig’imlar bilan bog’liq muammolar markazida ularning mahalliy budjetlar xarajatlarini to’liq miqdorda moliyalashtira olmasligidadir. Shuning uchun ham umumdavlat soliqlaridan mahalliy budjetlarga ajratmalar, ya’ni tartibga solinadigan soliqlardan to’liq yoki qisman ajratmalar belgilash tizimi amal qiladi va ulardan kelib chiqib mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlari yana bir qadar oshirilgan bo’lsada, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlari qonunchilik nuqtai-nazaridan bir qadar cheklangan, amalda esa o’z hududlarida undiriladigan barcha soliqlar va yig’imlarni nazorat qilish tizimi amal qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim.
6-rasm. 2018-2019 yillardagi byudjet tushumlari (mlrd. so’m)13 Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mahalliy budjetlarga soliqlardan ajratmalar yagona normativ asosida amalga oshirilsa va bu normativlar uzoq muddat o’zgarmas saqlansa, salbiy holatni kamaytirishi mumkin. Faqat shu holdagina, mahalliy budjetga ma’lum davrda qonuniy tartibda yig’ilgan soliqlarning bir qismi barqaror tushib turishiga imkon yaratiladi. Mahalliy hokimiyat ana shu o’ziga tegishli tushumni ta’minlash uchun barcha imkoniyatini ishga soladi.
Xulosa qilib aytsak, tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashni isloh qilishning muhim chorasi, respublikamiz bo’yicha ma’lum davrda barqaror normativlarning joriy etilishi hisoblanadi. Tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan ortiq tushumlardan esa mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlari 50% qilib belgilash maqsadga muvofiqdir. Ma’lum muddat belgilangan barqaror normativlar budjet aniqligini, istiqbol rejalarini yaxshilanishini, budjet boqimandalarini kamayishini hamda budjet parametrlarini ishlab chiqishda kelishuvchanlik amaliyotini qisqartirishni ta’minlaydi. Rejadan ortiq tushumlarni yagona normativ asosida taqsimlash, rejadan ortiqcha tushumlar yig’ilishada manfaatdorlikni oshiradi, respublika va mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlab dotatsiya hajmini kamaytiradi.
Ta’kidlab o’tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi.