Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko’paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi. Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
- tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
- bitim shartlari o’zgarganda;
- narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
- ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
3. Aylanmadan olinadigan soliqning stavkalari Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari Soliq kodeksining 467-moddasida keltirilgan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan holda belgilangan:
T/r
Soliq to‘lovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
4
2.
Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar
2.1.
joylashgan joyiga qarab:
aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda
4
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda
1
2.2.
joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha
4
3.
Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:
aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda
3
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda
1
4.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25
5.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar (ushbu Kodeks 337-moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda)
2
6.
Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi bo‘lgan, umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar
0
Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli. Soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq to‘lovchilar
Bir yillik soliq stavkalari (mln so‘mda)
1.
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar
20
2.
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar
30
4.Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi Soliq kodeksining 469-moddasiga muvofiq, kalendar yil soliq davri, yil choragi hisobot davridir. Soliq kodeksining 470-moddasiga muvofiq, hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq to’lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo’yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
- hisobot davri yakunlari bo’yicha — hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay;
- soliq davri yakunlari bo’yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliqni to’lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, ya’ni:
- hisobot davri yakunlari bo’yicha — hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay;
- soliq davri yakunlari bo’yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.