Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə45/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari. Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ra­vishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko‘r­sa­tilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan.
1992 yildan 1994 yilga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lib hisoblanar edi. 1994 yildan ular byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i o‘rniga yalpi daromad solig‘i hamda mol-mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘lishdi. Keyingi davrlarda soliq hisoblashning «yalpi foyda» (chegirish) usuli asta-sekin «hisobga olish-hisobvaraq» usuliga aylanib bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning «yalpi foyda» (chegirish) usuli faqat vositachilik va «O‘zdonmahsulot» DAK tizimi tarkibiga kiradigan, birlamchi ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va chiqindilarni sanoatdan donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda «hisobga olish hisob-faktura» usuli qo‘llaniladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning «hisobga olish hisob-faktura» usulining mohiyati shundaki, korxona byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo, materiallar, shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi.
Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi:

  • birinchidan, bu hisobot davrida tovar va xizmatlar haqiqatda sotib olingan bo‘lishi kerak;

  • ikkinchidan, ular bo‘yicha tovar yetkazuvchidan hisob-faktura to‘ldirilgan bo‘lishi;

  • uchinchidan, ular soliqqa tortiladigan faoliyatda ishlatilgan bo‘lishi kerak.

Vositachilik xizmatlari ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda «yalpi foyda» (chegirish) usuli qo‘llaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundaki, soliq baho farqi, ustama va mukofotlar sifatida olingan daromaddan hisoblanadi. Byudjetga soliq to‘lashda hisoblangan soliq summasi ushbu daromadni olishga sarflanadigan xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga kamaytiriladi.
Demak, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini vositachilik korxonalari mukofotlar summasidan hisoblaydilar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish. Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning amaldagi mexanizmi soliqni ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan yangidan yaratilgan qiymatdan to‘lanishini ko‘zda tutadi. Qo‘shilgan qiymat ikki marotaba soliqqa tortilmaydi.
1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi - yetkazib beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi. Jumladan:

  • ishlab chiqarishga sarflangan paytda xom-ashyo va materiallarga hisoblangan soliq summasini byudjet bilan hisob-kitobda chegirilishi – korxonalarning oborot mablag‘larini cheklanishiga olib keldi;

  • qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq faktura asosida hisoblanish mexanizmi ishlamadi, chunki amalda hisobvaraq fakturada ko‘rsatilgan soliq summasi byudjetga hisobga olib borishda asos bo‘lmadi;

  • bunday hisoblash tartibi xalqaro soliq amaliyotidagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga zid kelardi.

Ushbu holatlar tahlil qilinib 1999 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash mexanizmi o‘zgartirildi va xalqaro amaliyotga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga moslashtirildi. Quyida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning taqqoslama usuli keltirilgan (6.1-jadval).
Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot mablag‘larini chetlanishini keskin kamaytiradi.
1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi.


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin