t/r
|
Nomlar
|
Betlar
|
1
|
O’quv materiallar
|
|
2
|
Mustaqil ta'lim mashg’ulotlari
|
|
3
|
O'quv portfoliosi
|
|
4
|
Glossariy
|
|
5
|
Ilovalar:
|
|
|
-fan dasturi
|
|
|
-ishchi fan dasturi
|
|
|
-testlar
|
|
|
-ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
|
|
O'UM ning elektron varianti
|
|
|
|
|
O’QUV MATERIALLAR
(Ma'ruza mashg'ulotlari uchun)
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZULARI
1-mavzu: “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish.
Reja:
1. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishning zarurligi, predmeti va vazifalari.
2. Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar, soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar.
3. To‘g‘ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi ahamiyati.
4. Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari.
5. Xorijiy davlatlarda soliqlar asosida iqtisodiyotni tartibga solish nazariyasi va amaliyoti tahlili.
Tayanch so’z va iboralar: maqsad, metod, predmet, soliq, soliq ob’ekti, soliq sub’ekti, soliq yuki, munosabat, amaliyot, nazariya, umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar, soliq tizimi, byudjet, majburiy to’lov
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishning zarurligi, predmeti va vazifalari.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining boshqa fanlar singari o‘ziga xos predmet va vazifalari mavjud. Bu fanni o‘qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. “Soliqlar va soliqqa tortish” fani soliq voqe’liklarini (harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng mukammal va eng progressiv voqe’liklarni o‘rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday yoritib boradi. Nazariya voqeliklarni amaliyotdan oladi va yana amaliyotga eng to‘g‘ri, ma‘qul va ilg‘or tajribalar olinib amaliyotga yo‘l ko‘rsatish uchun o‘rgatiladi. Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, barometr, yo‘l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot yo‘ldan adashgan yo‘lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday o‘zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo‘ldan adashmaydi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o‘qitishning zarurligi amaliyotda yo‘ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‘yicha o‘zgartishlarga yo‘l qo‘ymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir. Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir, uning maxsus bo‘limi, ya‘ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi.
Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini o‘rgatadi.
Soliqlar va soliqqa tortish fani davlat budjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir oqibatda budjet daromadlarini shakllantiradi. Soliqlar (daromadlar) bo‘lmasa budjet munosabatlarining o‘zi bo‘lmaydi. Bu fan chet mamlakatlar soliq tizimi, moliyaviy hisob, soliq qonunchiligi asoslari, soliqlarni prognoz qilish fanlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya‘ni izlanish ob‘ektiga ega bo‘ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi bo‘lsa, soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.
Fanning predmeti soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, budjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez - tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu yerda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi. Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq ob‘ektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq ob‘ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Demak, soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.
Fanning vazifalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir. Demak, fanning asosiy funktsiyasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta‘minlashdir.
Soliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun hamda hozirgi O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi ekanligidan soliqlar va soliqqa tortish fani davlatning o‘ta zarur bo‘lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog‘liq va ularga asoslanadi. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya‘ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi. Davlatning bunday faoliyatini o‘rganish - soliqlar va soliqqa tortish fanining diqqat - markazida turadi.
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismidir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari - soliqlar va soliqqa tortish fanining asosini tashkil etadi. U qonunlarni chuqur anglamasdan turib soliqlar va soliqqa tortish mexanizmini tushunib bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‘rganib chiqib, davlat yalpi ichki mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Shunday ekan, davlat to‘g‘risidagi ta‘limot - davlat iqtisodiyotni boshqarishda bosh rol o‘ynashi soliqlar va soliqqa tortish fanining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat bozor iqtisodiyotini boshqarishda etakchilik, boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Davlat soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini o‘rganib chiqib, uni amaliyotga tadbiq qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Soliq xizmati xodimlari o‘zlariga qonuniy hujjatlarda yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat amaliy jihatdan soliqlarni bilibgina qolmasdan, soliqlarning mohiyati, belgilari, ularning ob‘ektiv zarurligiga, davlatning soliq siyosati, soliqlar tizimi, soliqqa tortish tizimi, soliq idoralari tizimi va boshqalar kabi nazariy masalalarni chuqur bilishlari zarur. Buning uchun esa soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish kerak. Shuni nazarda tutish zarurki, Leonardo da Vinchi aytganidek: «Nazariya qo‘mondon, amaliyot askarlardir» Nazariya amaliyotni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kompasdir. Har qanday vazifalarni kadrlar hal qiladi. Shuning uchun, ular chuqur nazariy bilimga va kasb mahoratiga ega bo‘lishlari zarur.
Fanning mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis soliqlar va soliqqa tortish jarayonini o‘rganishda va ularni hayotga to‘g‘ri hamda to‘liq tadbiq etishda adashmaydi. Shunday ekan bu fan soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, ilmiy xodimlar uchun o‘zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |