Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan ko‘zda tutilgan maqsad nima?
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari kimlar?
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat budjetiga ta‘minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilarni bilasizmi?
Soliqqa tortish ob‘ekti qanday tartibda aniqlanadi?
Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan?
Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqdan ozod etiladi?
Dehqon xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni budjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Toshkent shahar “Suvoqava” trestining bergan ma‘lumotlariga ko‘ra shahar vodoprovod tarmog‘iga suv 72% yer yuzasidagi va 28% yer osti manbalaridan kelib tushadi. Faraz qilaylik, korxona bir oy davomida 10 ming kub metr suv olgan.