I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Iqtisod va pedagogika ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlarning iqtisodiy bilimlarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o'ynovchi “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining o'quv dasturi fanning predmeti, vazifalari va maqsadi, yuridik shaxslar tushunchasi, soliqqa tortishning ob'ektiv zarurligi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar turlari, ularni hisoblash va to'lash tartibi, soliq hisobotlarini to'ldirish va taqdim etish muddatlari, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash mexanizmi, soliq imtiyozlari va preferentsiyalar, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq tushumlarining davlat budjetida tutgan o'rni, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish muammolari bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilim berish kabi masalalarni qamrab olgan.
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Fanning vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir.
Mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
soliqlarning funktsiyalari va vazifalari;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning guruhlanishi;
soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlari;
respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;