1- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining asosiy tur va
turkumlarini o’rganish va rayonlashtirilgan meva ekinlari navlarini bilan tanishish
Ishning maqsadi: Talabalami O’zbekistonda keng tarqalgan meva ekinlarining, botanik oilasi, turkum va tur tarkibi bilan tanishtirish hamda morfologik, xo’jalik va biologik belgilariga qarab guruhlanishini o’rganish.
Material va jihozlar: Turli mevali ekinlar ko’chatlari, mevalari, urug’lari, gerbariylari, jadvallari, mulyajlari.
Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1981.
Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva ekinlari yetishtirish bo’yicha fermerlarga savol-javoblar. Samarqand, 2012.
Mevachilik fanining o’quv uslubiy majmuasi.
Internet saytlari:
www.agro.uz,
www.ziyonet.uz Asosiy tushuncha:O’rta Osiyoda yowoyi meva daraxtlari, asosan, tog’li hududlarda, o’rmonzorlarda va daryo sohillarida o'sadi. Bu yerlarda meva darxtlari va butalarning 108 ga yaqin turi ucliraydi, yong’oqzorlar 70-75 ming gektami va pistazorlar 250 ming gektami tashkil etadi. Bu yerda yowoyi holda o'sadigan meva va rezavor meva o'simliklarining quyidagi turlarini: olmaning 3, nokning 8, olxo’rining 2, behining 1, olchaning 11, bodomning 10, chetan (ryabinajning 3, anjiming 2, anoming 1, yong’oqning 2, o’rikning 1, shaftolining 1, do’lananing 13, jiydaning 1, qizilning 6, smorodinaning 11, maymunjonning 3, malinaning 1, krijovnikning 1, tokning 1, pistaning 1, zirkning 7, xurmoning 1, unabining 1, oblepixaning 1, na’matakning 13, turini uchratish mumkin. Shaftoli bilan tut daraxti ко’pincha faqat madaniy holda uchraydi. Meva va rezavor meva o’simliklarining navlari juda ko’p va xilma-xildir. Bu navlari botanik belgilari, biologik xususityalari,. tuproq, yorug’lik, namlik va issiqlikka talabi, hosildorligi, mevasining sifati, xo’jalik jihatdan ahamiyati hamda boshqa bir qancha xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Meva va rezavor meva o’simliklari 50ga yaqin oila va undan ham ko’proq avlod va tumi mujassamlashtirgan. Har bir madaniy turning ko’plab navlari bor.
7
Hozir Markaziy Osiyoda meva, rezavor meva ekinlarining 73 ta turi ekilib o’stirilmoqda. Bu xilma-xillikni o’rganish oson bo’lishi uchun meva va rezavor meva o’simliklari morfologik belgilari hamda biologik xususiyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga: urug’li, danakli, yong’oq mevali, rezavor-meva, subtropik, sitrus va har xil tropik mevali ekinlarga bo’linadi.
Yer ustki qismining tuzilishi, meva berishi, uzoq yashashi va boshqa belgilariga ko’ra meva va rezavor-meva ekinlarini daraxtlar, butalar, chala butalar va o’tchil o’simliklarga bo’lish mumkm.
Meva daraxtlarining uch xil guruhi bor.
1 - guruhga tanasi yaxshi ifodalangan daraxtlar (pekan, yong’oq, gilos, o’rik, olma va qisman nok), kiradi.
2 - guruhga butalar kiradi. Butalar mevaga erta kiradi, ildizlaridan bachkilar chiqaradi (olxo’ri, olcha, anor, anjir va boshqalaming tarvaqaylagan xillarida).
3-guruh oraliq o’simliklar guruhidir. Bu guruhga olma va nokning ko’pgina navlari, olxo’ri, shaftoli, xurmoning daraxtga o’xshab ketadigan navlari kiradi.
Butalar - mevali o’simliklar bo’lib, bir xil yo’g’onlikdagi bir nechta novdali katta shox shaklida rivojlanadi: Krijovnik, smorodina va hokazolar ham shu guruhga kiradi.
Chala butalar poyasining quyi qismi yog’ochsimon yuqori qismi qishda qurib qoladigan o’t o’simliklardir. Malina, chemika va boshqa rezavor - meva o’simliklari ham chala butalar guruhiga taalluqlidir.
O’tchil o’simliklarga zemlyanika va qulupnay kiradi.
O’zbekiston sharoitida meva daraxtlari juda katta bo’lib, o’sib ketadi. Olma va o’rikning kuchli o’sadigan navlarini balandligi 10-15 metrga, aylanasi esa 11-13 metrga, tanasiinng uzunligi 150 - 180 sm ga yetadi. Novdalari ba’zi yillari 1 m gacha ham o’sishi mumkin. Ildizi baquwat bo’lib, ayrim navlariniki yerga 6,5 m gacha chuqur kirib, yon tomonga 12 m va undan ham ko’proq tarqaladi. Meva va rezavor-meva o’simliklari polikarp bo’lib, butun hayoti davomida bir necha marta gullaydi va hosil beradi. Shu xususiyati bilan faqat bir marta hosil beradigan monokarp o’simliklardan farq qiladi.
Hamma meva va rezavor meva o’simliklari turli vaqtda hosilga kiradi. Hosilga kirish vaqti o’simliklaming turi, naviga, payvandtakka, ekologik sharoit va qo’llangan agrotexnika usullariga bog’liqdir. Hosilga kirish vaqtiga qarab o’simliklar erta va kcch hosilga kiradigan navlarga ajratiladi. Har bir navning ham o’z navbatida erta kcch hosilga kiradigan turlari bor.