1- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining asosiy tur va turkumlarini o’rganish va rayonlashtirilgan meva ekinlari navlarini bilan tanishish



Yüklə 83,23 Kb.
səhifə5/9
tarix17.05.2023
ölçüsü83,23 Kb.
#115478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy mashg\'ulot

Guliston — nav R.R.Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqanddagi filialida yaratilgan. 1993 yildan Samarqand, Namangan va Xorazm viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav ertapishar, mevasi iyunning birinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi o’rtacha 3,8 m, shox-shabbasini diametri 3,2 m. Mevasini o’rtacha vazni 22-25 g, rangi sariq bo’lib, danagidan yaxshi ajraladi. Mazasi nordon -shirin, o’ziga xos hidi bor. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,4 ball. Andoza, Yubileyniy Navoiy naviga qaraganda 15 kun oldin pishadi, hosildorligi gektaridan 19,2 sentner.
Navro’z - nav R.R.Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqanddagi filialida yaratilgan. 1993 yildan Samarqand viloyati bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav o’rtapishar, mevasi iyulning birinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi o’rtacha 5,4 m, shox-shabbasining diametri 4,4 m. Mevasining shakli dumaloqroq, danagidan yaxshi ajraladi, yirik, o’rtacha vazni 36 g. Mevasining rangi sariq, qizil chiziqlari bor, mazasi nordon-shirin, o’ziga xos hidi bor. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,4 ball. Andoza, Yubileyniy Navoiy navidan hosildorlik bo’yicha 2,8 sentner yuqori.
Nok navlarining ta’rifi: Lyubimisa Klappa — AQSh da yaratilgan. 1959 yildan O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Yozda iste’mol qilinadigan xo’raki nav. Mevasi iyulning uchinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtini bo’yi o’rtacha 6,5 m, beshinchi yil hosilga kiradi. Mevasi kalta noksimon, pishganda sariq, yorqin qizil g’ubori bor. Mevasining o’rtacha vazni 136 g. Eti oq, sershira, og’izda erib ketadigan darajada, mazasi nordon-shirin, xushbo’y, juda shirin. O’rtacha hosildorligi gektaridan 72,4 sentnemi^ eng yuqori hosildorligi esa 110,3 sentnemi tashkil etadi.
Podarok- R.R.Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqand filialida yaratilgan. 1959 yildan Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida, 1967 yildan esa Qoraqalpog’iston Respublikasida Davlat reyestriga kiritilgan. Nav yozgi, mevasi avgustning uchinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtini bo’yi o’rtacha bo’lib 2,7 m, keng shox- shabbalidir, hosilga to’rtinchi yili kiradi. Mevasi chiroyli noksimon, och sariq, qizil g’uborli, mevasining o’rtacha vazni 145 g. Eti oq, sal sarg’ish, sershira, 16




mayin, moysimon, mazasi nordon-shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,6 ball. O’rtacha hosildorligi gektaridan 134,4 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 227,1 sentnemi tashkil etadi.
Yubileynaya - R.R.Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqanddagi filialida yaratilgan. 1982 yildan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav kuzgi, sentyabming birinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi o’rtacha 6,3 m, keng shox- shabbalidir, sakkizinchi yil hosil bera boshlaydi. Mevasi yirik, mazasi yaxshi, mevasini o’rtacha vazni 213 g. Eti mayin, scrshira. O’rtacha hosildorligi gektaridan 303,1 sentnemi, eng yuqori hosildorlik esa 507,2 sentnemi tashkil etadi.

Yüklə 83,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin