Parmen zinmiy Zolotoy - kuzgi nav bo’lib Angliyada yaratilgan, O’zbekistonning deyarli hamma rayonlarida ekish uchun tavsiya etilgan. Nav erta kuzgi, mevasi avgustning uchinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi o’rtacha, shox-shabbasi teskari piramida. To’rtinchi yili hosilga kiradi. Mevasi to’g’ri sharsimon yoki keng konus shaklida, tillasimon to’q sariq, jigarrang nuqtalari bor. Mevasining o’rtacha vazni 129 g. Eti oq, salgina sarg’ish, zieh. Sershira, mazasi vinosimon-shirin. Pishganida mevasi sariq, qizil taram - taram rangda bo’ladi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 244,3 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 375,2 sentnemi tashkil etadi.Sovuqqa chidamsiz.
O’rik - O’zbekistonda eng ko’p ekiladigan meva daraxtlaridan hisoblanadi. U asosan Farg’ona va Zarafshon vodiysida ko’p tarqalgan bo’lib, umumiy mevazoming 90 % ini tashkil qiladi. O’rikning 8 turi ma’lum bo’lib, shulardan 5 turi uchraydi.
O’zbekisonda ekiladigan o’rik navlari uch guruhga: xo’raki, o’rik navlari Javpazok. Ruxi juvonon, Axrori, Arzami, Oq o’rik. Quritiladigan o’rik navlari: Xurmoniy, Isfarak, Subhoniy, Gulyungi, Bodomiy hamda konservabop o’rik navlari - Korolevskiy, Vengerskiy va boshqalarga bo’linadi.
O’rik daraxti kuchli va tez o’sishi, tez hosilga kirishi, uzoq yashashi, issiqqa va qurg'oqchilikka chidamliligi bilan Yevropa guruhiga kiradigan navlardan ajralib turadi.
Daraxtlarning o’sishi va rivojlanishi hamda ertagi o’rik mevalari pishishi uchun hammasi bo’lib, 2500°S li foydali harorat yig’indisi talab qilinadi.
O’rik daraxtlari qattiq sovuqqa chidamliligi bilan farq qiladi. Lekin eng muhim kamchiliklaridan biri meva kurtaklari juda erta uyg’onib, gullay boshlashidir. Ana shu davrda havo harorati pasayib ketsa, ulami sovuq urib ketadi.
p’zbekistonda keng tarqalgan o’rik navlarining ta’rifi: jOq-lsfarak- 1986 yildan Farg’ona viloyati bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.. Nav o’rtapishar , mevasi iyulning birinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi baland bo’lib, shox-shabbasi dumaloq, qalin, hosilga to’rtinchi yili kiradi. Mevasining shakli uzunchoq-tuxumsimon, rangi och zarg’aldoq, sal qizil g’ubori bor, mevasining o’rtacha vazni 26 gr.
Eti o’rtacha sershira, rangi och zarg’aldoq.O'rtacha hosildorligi gektaridan 112,2 sentnemi tashkil etadi. ci
Arzami Mahalliy nav. 1959 yildan Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg’ona, Xorazm va Qoraqalpog’islon Respublikasi bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
15
Nav ertapishar, mevasi iyunning ikkinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi baland, shox-shabbasi keng. Hosilga to’rtinchi yili kiradi. Mevasi noto’g’ri yassi-dumaloq shaklli, och zarg’aldoq rangli, o’rtacha vazni esa 29 gr. Eti sariqroq, mayin, sershira, xushbo’y. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,5 ball. O’rtacha hosildorligi gektaridan 116,6 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 182,3 sentnerni tashkil etadi.