1- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining asosiy tur va turkumlarini o’rganish va rayonlashtirilgan meva ekinlari navlarini bilan tanishish


Gilos navlarining tavsifi: Vosxod



Yüklə 83,23 Kb.
səhifə6/9
tarix17.05.2023
ölçüsü83,23 Kb.
#115478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy mashg\'ulot

Gilos navlarining tavsifi: Vosxod - bu nav Ukraina sug’oriladigan bog’dorchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. 2005 yildan Toshkent viloyati bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Daraxti kuchli o’suvchan, keng piramidasimon shox-shabbali. Bargi yirik, uzunchoq-ovalsimon shaklda. Guli oq, diametri 3,9 mm, 5-6 tojbargli, o’lchami 16-17 mm, keng ovalsimon. Mevasi yirik 20-23 mm, og’irligi 7,7 g, yuraksimon, tepasi dumaloq. Push qiyin ajaraladi, to’q qizil rangda. Mag’zi qizil olcha rangda, pishiq va sersuv, qandliligi yuqori, kislotaligi o’rtacha. Kimyoviy tarkibi: quruq modda 22,3 %, umumiy qand -11,74 %, titralanuvchi kislota -1,0 ml/gr. Vitamin S- 3,74 mg % Danagi mag’zdan d, o’rtacha ajraladi, rangi och krem rangda, o’lchami 7-9 mm, og’irligi 0,53 g. Meva bandi 47 mm, mevaga mahkam yopishgan. Gullash davri 8-17 aprel, pishish vaqti 10-20 may. Hosildorligi bir tup daraxtdan o’rtacha 68 kg, gektaridan esa 141,4 sentnemi tashkil etadi.
Qora gilos- xalq tomonidan yaratilgan mahalliy nav. 1959 yildan Respublika bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Daraxtining bo’yi katta, uchinchi-to’rtinchi yili hosilga kiradi. Mevasi o’rtacha, to’q qizil, mevasi shirin, sersuv va o’ziga xos mazasi bor. Mevasi iyunning birinchi o’n kunligida pishadi. Mevasining o’rtacha vazni esa 5,6 g. Mevasini pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,0 ball. O’rtacha hosildorligi gektaridan 88,8 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 118,9 sentnemi tashkil etadi.
Subtropik meva ekinlari navlarining ta’rifi: Anorning - Achchiq dona- mahalliy nav. 1959 yildan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg’ona, Qashqadaiyo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Xorazm viloyatlari, 1967 yildan Sirdaryo viloyati bo’yicha davlat reyestriga kiritilgan. Bu navni butasi o’rtachadan kattaroq, ikkinchi-uchinchi yili hosil bei a boshlaydi. Unumdor sog’ tuproq yerlarda ko’p hosil olish mumkin. Sho’r yerlarga chidamsiz. Sovuqqa chidamli. Mevasi yirik, sal dumaloq, mazasi 17




nordon- shirin, po’stining rangi och pushtidan tortib to’q qizilgacha. Sharbati to’q qizil, xushbo’y. Mevasi oktyabming uchinchi o’n kunligida pishadi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 67,5 sentner, eng yuqori hosildorligi esa 76,7 sentnemi tashkil etadi.
Qozoqi anor- mahalliy nav. 1959 yildan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg’ona, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Xorazm viloyatlari, 1967 yildan Sirdaryo viloyati bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Navni butasi o’rtacha bo’lib, shox-shabbasi dumaloq, hosilga ikkinchi yili kiradi. Yaxshi strukturali chuqur unumdor tuproqlarda eng yuqori hosil beradi. Sho’rga va sovuqqa chidamsiz, zararkunanda va kasalliklarga chidamli. Mevasi o’rtacha kattalikda, ko’kish-sariq rangli, mazasi nordon-shirin, juda mazali. O’rtacha hosildorligi gektaridan 92 sentnemi tashkil etadi.

Yüklə 83,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin