3-Ìavzu O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim
3-Мavzu: O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari. Reja: 1.O‘lkamizning tarixiy-madaniy viloyatlari Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona, Xorazm, Ustrushona, Choch, Farg‘onaning geografik o‘rni 2.Antik davrida o‘lkamizning qadimgi davr tarixiy geografik o‘rni.Kushonlar davri tarixiy geografiyasi. Ilk o‘rta asrlar davrida o‘lkamiz tarixiy geografiyasi. 3. IX-XIII asrlar tarixiy geografiyasi. 4. Amir Temur, temuriylar va shayboniylar davri tarixiy geografiyasi. Xiva, Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligining geografik o‘rni. 5. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi va relefi. Iqlim sharoitlari. Suv resurslari. Tabiiy o‘simliklar qatlami va hayvonot olamining o‘ziga xosligi. Tabiiy iqlim sharoitlari va landshaftlar tipi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi va tarxiy geografif tafsifi
1.O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1992 yil 9 yanvarda suveren respublika huquqini olgan. Ushbu respublika Amudaryoning quyi qismlarida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 166,6 ming kv. km. ni tashkil etadi hamda mamlakatimiz maydonining 38 foizini egallagan. Bu erda 1543,3 ming kishi yashaydi. Poytaxti Nukus shahri hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston tarkibiga 15 qishloq tumanlari va 12 shahar kiradi.
Andijon viloyati 1941 yil 6 martda tashkil topib, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 4,2 ming kv. km. ni tashkil qiladi. Aholisi eng zich viloyatlardan biri bo‘lib, 2253,5 ming kishi yashaydi. Viloyat aholisining 3/1 qismi shaharlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Viloyat markazi – Andijon shahri.
Buxoro viloyati respublikamizda dastlab tashkil topgan viloyatlardan. Viloyat mamlakatimiz janubida joylashgan bo‘lib, Qizilqum cho‘lining kattagina qismini egallagan. U 1938 yil 15 aprelda paydo bo‘lgan. Viloyat egallagan maydon dastlab juda katta bo‘lib, 144,3 ming kv. km. ga teng edi. 1982 yil Navoiy viloyati tashkil topgach, Buxoro viloyatining kattagina qismi ana shu viloyat uchun ajratildi. Hozirda Buxoro viloyati 40,3 ming kv. km. ga teng, aholi soni 1460,6 ming kishini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 11 qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Buxoro shahri viloyatning ma’muriy markazidir.
Jizzax viloyati 1973 yil 29 dekabrda tashkil topgan bo‘lib, maydoni 21,2 ming kv. km. ga teng. Aholisi 1011,1 ming kishi. Barcha aholining 30,1 foizini shahar va qolgan 69,9 foizini qishloq aholisi tashkil etadi. Viloyat tarkibida 12 qishloq tumanlari va 7 shahar mavjud. Jizzax shahri viloyat markazi sanaladi.
Navoiy viloyati 1982 yilning 20 aprelida tashkil topgan. 1988 yil 6 sentyabrda tugatilib, 1992 yil 28 iyunda qaytadan tiklangan. Navoiy viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, maydoni 111,0 ming kv. km. ni tashkil etadi. Aholisining soni 798,7 ming kishi. Shahar aholisi 40,2 foizni tashkil etadi. Viloyat tarkibida 8 qishloq tumanlari va 6 shahar mavjud. Viloyat markazi 1958 yilda tashkil etilgan Navoiy shahridir.
Namangan viloyati 7,4 ming kv. km. ni tashkil etadi. U 1941 yilning 6 martida tashkil etilib, 1960 yil 25 yanvarida tugatilgan va uning erlari Andijon va Farg‘ona viloyatlariga bo‘lib berilgan edi. 1967 yil 18 dekabrda viloyat qayta tiklangan. Aholisining soni 1988,7 ming kishidan iborat. Aholining 37,6 foizi shaharlarda, 62,4 foizi qishloqlarda yashaydi. Viloyat tarkibida 11 qishloq tumanlari va 8 shahar mavjud. Viloyat markazi Namangan shahridir.
Samarqand viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Viloyat respublikamizning markaziy qismida, Zarafshon daryosining o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 16,8 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 2758,4 ming kishini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Samarqand shahri viloyat markazi bo‘lib, u 1924 yildan 1930 yilgacha O‘zbekiston poytaxti ham bo‘lgan.
Sirdaryo viloyati 1963 yil 16 fevralda tashkil topgan. Viloyat Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Maydoni 4,3 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 660,8 ming kishini tashkil etib, ularning 32 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Guliston shahri viloyat markazi bo‘lib, viloyat tarkibida 9 qishloq tumanlari va 5 shahar mavjud.
Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubida joylashgan bo‘lib, 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Maydoni 20,1 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 1805,0 ming kishini tashkil etadi. Viloyatda aholining 19,7 foizigina shaharlarda yashaydi. Termiz shahri viloyat markazi bo‘lib, viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 8 shahar mavjud.
Toshkent viloyati respublikamizning markaziy viloyati bo‘lib, respublikamizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Maydoni (Toshkent shahrini qo‘shib hisoblaganda) 15,6 ming kv. km. ga teng. Bu respublika maydonining 3,5 foizi demakdir. Aholisi esa (Toshkent shahrini qo‘shib hisoblaganda) 4560,3 ming kishini tashkil etadi. Toshkent shahri viloyat markazi bo‘lib, viloyat tarkibida 15 qishloq tumanlari va 17 shahar mavjud.
Farg‘ona viloyati respublikamizning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Maydoni 6,7 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 2741,6 ming kishini tashkil etadi. Aholining 71 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 15 qishloq tumanlari va 9 shahar mavjud. Farg‘ona shahri viloyat markazi sanaladi.
Xorazm viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, Orol-Kaspiy pasttekisligining bir qismini egallagan. Viloyat 1938 yilning 15 yanvarida tashkil topgan. Maydoni 6,1 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 1371,8 ming kishini tashkil etib, ularning 23,3 foizi shaharlarda yashaydi. Viloyat tarkibida 10 qishloq tumanlari va 3 shahar (Urganch, Pitnak, Xiva) mavjud. Urganch shahri viloyat markazidir.
Qashqadaryo viloyati Pomir-Oloy tog‘ tizmasining g‘arbiy chekkasida joylashgan bo‘lib, 1943 yilning 20 yanvarida tuzilgan. 1960 yilning yanvariga kelib esa viloyat Surxondaryo bilan birlashtirilgan edi. 1964 yilning 7 fevralida esa Qashqadaryo viloyati qayta tiklangan. Maydoni 28,6 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 2257 ming kishini tashkil etadi. Aholining 25,2 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 13 qishloq tumanlari va 12 shahar mavjud. Qarshi shahri viloyat markazidir.
Tarixiy geografiya
1932 yilda London iqtisodiyot maktabida Angliya tarix va geografiya jamiyatining munozarasida tarixiy geografiya fani maxsus muhokama qilingan. Muhokama tarixiy geografiya fani to‘g‘risidagi fikrlarga bir qator aniqliklar kiritdi . Tarixiy geografiyaga siyosiy chegaralar tarixi, tarixiy jarayonlarga tabiat ta’sirlari, shuningdek, tarixiy jarayonlarning geografik hodisalarga ta’siri va alohida mintaqalarning geografiyasini o‘rganish, geografik kashfiyotlar, geografik fanlar tarixi kabi bo‘limlarni kiritish ilgari surilgan.
M.K.Lyubavskiyning Rossiya tarixiy geografiyasiga oid asarida Qabila va urug‘lar, xalqlarning biror hududda joylashishi va o‘z tarixi davomida bu hududlarning o‘zgarishi, mustamlakalar natijasida yangi xalqlarning kelib joylashishi kabi masalalar tarixiy geografiya bog‘liq ekanligini takidlab o‘tgan.
Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sirasiga kirib, insoniyat tarixini o‘tgan davrlar geografiyasini o‘rganadi. Bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarning tarixini haqiqiy baholash uchun o‘sha davrning tarixiy geografiyasini yaxshi bilish kerak.
Tarixiy geografiya zamonaviy geografiya kabi o‘z bo‘limlariga ega bo‘lib, asosan, to‘rt yirik bo‘limdan tashkil topgan: 1.Tabiiy-tarixiy geografiya.2.Aholi tarixiy geografiyasi. 3.Xo‘jalik (tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi. 4.Siyosiy-tarixiy geografiya.
Siyosiy-tarixiy geografiya bo‘limiga ichki va tashqi chegaralar geografiyasi, siyosiy ma’muriy bo‘linishlar, shaharlar va qal’alar joylashishi, shuningdek, tarixiy voqealar, harbiy yurishlar yo‘nalishlari, muhorabalar kartalari, milliy-ozodlik harakatlari geografiyasi ham kiradi.
Qadimdan aholi qulay geografik shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan hududlarda istiqomat qilib kelgan. Jumladan, Qadimgi Misr aholisi uchun Nil, Xitoy uchun Xuanxe va Yanszi, Ikki daryo oralig‘idagi xalqlar uchun Dajla va Frot, O‘rta Osiyo aholisi uchun esa Amudaryo va Sirdaryoning qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini alohida keltirish mumkin. Tabiiy geografiya ma’lum bir hududda aholining kelib joylashishi yoki u erlarni tark etishiga ham sabab bo‘ladi. Bularning barchasini tabiiy-tarixiy geografiya bo‘limi tadqiq etadi.
Ma’lum bir mintaqa yoki davlatning aholisi, u joylashgan hududlar, aholining etnik tarkibi va soni kabi masalalarni aholi tarixiy geografiyasi o‘rganadi.
Agar biror davlatning tarixini o‘rganmoqchi bo‘lsak, tarixiy-iqtisodiy va xo‘jalik geografiyasini o‘rganishimiz ham kerak bo‘ladi. Chunki iqtisodiy munosabatlar va xo‘jalik turlarining mukammalashib borishi, savdo-sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyatlarning ham rivoji kuzatiladi yoki aksincha.
Tarixiy geografiyani o‘rganish mobaynida turli xil muammolarga duch kelishimiz mumkin. Masalan, X-XII asrlarda qoraxoniylar davlati hududlarining o‘zgarib turishi, XVII-XVIII asrlarda ashtarxoniylar davlati chegaralarining o‘zgarib turishi, Amir Temur davridagi muhim voqealar. XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi Qo‘qon va Xiva xonliklarining asosiy savdo yo‘llarining yo‘nalishlari, chor Rossiyasi mustamlakasi bo‘lgan Turkistonning siyosiy-ma’muriy ishlari kabi muammolardir.Tarixiy geografiya fanining muhim vazifalaridan biri bu - o‘tmishdagi davlatlar siyosiy chegaralarini, tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan joylarni aniqlash, shaharlar topografiyasini o‘rganishdan iborat. Tarixiy geografiyaning bu qismi siyosiy voqealar, urushlar bayoni va ularning davlatlar chegaralarini o‘zgarishidagi o‘rnini, hukmdorlar faoliyatini o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda voqea-hodisalarni chuqur anglab etish uchun tarixiy geografiya juda kerak.
Tarixiy geografiya tarixiy bilimlarning asosiy tarmog‘i bo‘lib, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o‘rganib bo‘lmaydi. Tarixiy geografiyasiz tarix haqidagi tasavvurimiz to‘liq va mukammal shakllanmaydi.
O‘rta osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi
1. O‘rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy geografiyasiga tavsif
2. O‘rta Osiyoning eneolit, bronza va ilk temir davri manzilgohlari tarixiy geografiyasi. 3.O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari va davlat birlashmalari 4. Ahamoniylar hukmronligi va Aleksandr Makedonskiy yurishlari davrida O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi. 5. Miloddan avvalgi IV asr oxiri-milodiy IV asrning boshlarida.O‘rta Osiyoning siyosiy va iqtisodiy geografiyasi. 6. Buyuk Ipak yo‘li: uning asosiy yo‘nalish va tarmoqlariga tarixiy-geografik tavsif.