3-Мavzu: O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari. Reja


Mamlakatimizning ma’muriy-hududiy bo’linishi



Yüklə 49,82 Kb.
səhifə5/7
tarix19.05.2023
ölçüsü49,82 Kb.
#117014
1   2   3   4   5   6   7
3-Ìavzu O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim

Mamlakatimizning ma’muriy-hududiy bo’linishi.
O’zbekistonning ma`muriy-hududiy bo’linishi mustaqillik yillarida sifat jihatidan yangi bosqichga-bozor munosabatlariga muvofiq keladigan bosqichga qadam qo’ydi. Mamlakat mustaqilligi tufayli o’zbek xalqining asriy orzusi ushaldi-O’zbekiston tinch, parlament yo’li bilan o’zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, sho’rolar davrida ommaviy tus olgan va sho’rolar tuzumini madh etuvchi joy nomlari bekor qilinib, aholi yashaydigan joylarning tarixiy nomlari tiklanmoqda yoki yangi nomlar berilmoqda.
Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishida umuman, milliy iqtisodiyotning yuksalishida uning qanday ma`muriy-hududiy bo’linishlarga ajratilgani ham muhim rol o’ynaydi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-huquqiy tizimi” deb atalgan XVI bobining 68-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat”. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg`ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan tashkil topgan. O’z navbatida ular tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarga bo’linadi (1-jadvalga qarang).
1-jadval
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy bo’linishi (2016y.)

Viloyatlar

Aholi soni, mln. kishi

Maydoni ming kv. km.

Shahar-lar soni

Tuman-lar soni

Shahar-chalar soni

Qishloq (ovu)lar soni (QFY)







Qoraqalpog`iston Respublikasi

1571,9

166,6

12

14

16

129




Andijon

2375,9

4,2

11

14

5

95




Buxoro

1525,3

40,3

11

11

2

120




Jizzax

1051,4

21,2

7

12

8

105




Qashqadaryo

2420,4

28,6

12

13

7

148




Navoiy

812,7

111,0

7

8

11

54




Namangan

2103,6

7,4

8

11

12

99




Samarqand

2907,5

16,8

11

14

7

125




Surxondaryo

1925,1

20,1

8

14

75

114




Sirdaryo

676,9

4,3

5

8

18

72




Toshkent

2468,0

15,3

16

15

10

146




Farg’ona

2878,9

6,7

9

15

7

164




Xorazm

1453,9

6,1

3

10

1

101




Toshkent shahri

2140,6

0,3

1

-

1

-




O’zbekiston Respublikasi

26312,7

448,9

120

159

113

1472




Ijtimoiy ishlab chiqarishda tabiiy resurslar muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar jamiyat yoki biron-bir alohida olingan mamlakat hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ular ayrim xo’jalik tarmoqlari rivojini tezlatish va aksincha sekinlashtirishga ham olib keladi. Bu jihatdan mustaqil mamlakatimiz o’ziga xos va qulay afzalliklarga ega.
O’zbekistonning relyefi bir xil bo’lmay, uning g’arbiy va janubi-g’arbiy qismlari asosan tekisliklardan iborat. Tekisliklar mamlakat hududining qariyb uchdan ikki qismini egallab ularga Ustyurt platosining bir qismi, Quyi Amudaryo, Qizilqum qumliklari kiradi. Tog’liklar respublikaning sharqiy hamda janubi- sharqiy qismlarini egallagan. O’zbekistonning Tyanshan va Hisor-Oloy tog’ tizmalari tarkibiga kiruvchi-Ugom, Pskom, Chotqol, Turkiston, Zarafshon tog’lari shimoli-g’arb va janubi-g’arb tomon asta-sekin pasaya boradi va tekisliklarga qo’shilib ketadi. Agroiqlim resurslari.
Respublika tabiatining o’ziga xos xususiyati–uning serquyoshligidir. Mamlakatimizni "Serquyosh O’zbekiston" deb atashlarining ramziy ma`nosi bor. Negaki, mamlakatimizda quyosh yil davomida ufqdan balandda bo’lib nur sochadi. Quyosh iyun oyida ufqdan Toshkentda 72°, Termizda 76° gacha ko’tariladi. Yozda kunduz kuni 15 soat davom etadi. Atmosfera yog`in-sochinlarini keltiradigan dengiz va okean oqimlaridan juda uzoqda bo’lgan bu o’lkada bulutli kunlar tabiiy ravishda kam bo’ladi. Binobarin, uning barcha hududiga quyosh uzoq vaqtgacha nur sochib turadi. Ziroatchilik qilinadigan barcha vodiy va vohalarda, ko’p yillik meteorologik kuzatishlarga qaraganda, quyosh yog`dusi davomiyligi yil davomida o’rtacha 2500-3000 soat (Farg`ona vodiysi va Qashqadaryoning tog`li hududlarida 2600 soat, Toshkentda 2890 soat, Termizda 3100 soat)gacha boradi.
Yoz oylarida mamlakatimiz hududi quyosh nuridan nihoyat ko’p energiya qabul qiladi. O’rtacha bir yilda uning har bir sm² yer yuzasiga 100-120 ming kaloriya quyosh nuri tushadi. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70-80 foizi tuproq va yer yuzasi havosining isishiga sarf bo’ladi.
Eng sovuq oy-yanvarning o’rtacha havo harorati Shimoli-g`arbiy O’zbekiston (Urganch va Nukus)da-4,8ºS va–6,4ºS; Shimoli-sharqiy O’zbekiston (Toshkent va Guliston)da-0,9ºS va-2,0ºS; Sharqiy O’zbekiston (Farg`ona va Andijon)da-3,5ºS va-3,0ºS; Markaziy O’zbekiston (Qorako’l va Samarqand)da -0,2ºS va -0,3ºS va Janubiy O’zbekiston (G’uzor va Denov)da -2,3ºS va-2,4ºS darajaga teng. Iyul oyining o’rtacha havo harorati Urganch va Nukusda 27,5ºS va 27,1ºS; Toshkent va Gulistonda 26,9ºS va 26,8ºS; Farg`ona va Andijonda 26,8ºS va 27,3ºS; Qorako’l va Samarqandda 29,1ºS va 26,0ºS; G’uzor va Denovda 29,9ºS va 28,2ºS darajaga teng. Biroq, havo haroratidagi bu ko’rsatkichlar asosan mamlakatning tekislik mintaqasiga xos bo’lib, u tog`lik va baland tog`li hududlarda birmuncha farq qiladi.
Issiqlik resurslari turli xil ziroatchilikni joylashtirish, ulardan yuqori hosil olish va tabaqalashtirib rivojlantirishga bevosita ta`sir ko’rsatadi. Shu jihatdan yillik havo haroratining ijobiy va foydali ko’rsatkichlari, shuningdek, sovuq bo’lmaydigan kunlar muddati amaliy ahamiyatga molikdir.Yuqoridagi jadval ma`lumotlariga tayanib qayd qilish joizki, mamlakatning turli geografik mintaqalarida o’rtacha havo harorati va ijobiy haroratlar yig’indisi keskin farq qiladi. Masalan, mamlakatning shimoliy qismida joylashgan Nukusda havo haroratining 5 darajadan yuqori ko’rsatkichlari yig`indisi 4301 darajaga teng bo’lgani holda, bu ko’rsatkich Termizda 5950 darajaga yetadi, ya`ni 1649 daraja ko’p. Mamlakatning agroiqlim ko’rsatkichlaridagi ana shu farq qishloq xo’jaligi ayniqsa, ziroatchilikni yurgizishda kuchli omil bo’lib hisoblanadi va dehqonchilik tarmoqlariga yoki uni takroriy ekishga ta`sir ko’rsatadi.O’zbekistonda yoz fasli uzoq davom etadi, hattoki, uning janubiy qismi (Surxondaryo)da, L. N. Babushkinning ta`kidlashicha, bu fasl olti oyga cho’ziladi. Yozda quyosh nurining bevosita ta`sirida bo’lgan yer yuzasi 60 darajagacha, uning cho’llarida esa 75 darajagacha ko’tariladi. Sovuq bo’lmaydigan kunlar Shimoliy O’zbekistonda 190-210 va Janubiy O’zbekistonda 220-270 kunni tashkil qiladi.O’zbekiston yog`in-sochin kam tushadigan qurg’oqchil mintaqalar qatoriga kiradi. Buning ustiga barcha hududlarda yog`in miqdori bir tekisda emas. Respublikaning ko’pchilik hududlarida yillik yog’in miqdori 200-300 mm ni tashkil etadi. Yogingarchilik eng kam bo’ladigan joylarga Quyi Amudaryo va Qizilqum kiradi (100 mm dan ham kam). Yog`in-sochin miqdori sharq va janubi-sharqqa borgan sari ortib boradi va u tog’li hududlarga yaqinlashgan joylarda 900-950 mm ga etadi. Qishloq xo’jalik ekinlariga suv eng zarur bo’lgan paytga kelib yogingarchilik ayniqsa kamayib ketadi va suv tanqisligi boshlanadi. Respublikada hukm surayotgan suv tanqisligi ayniqsa qishloq xo’jaligining rivojlanishida katta muammolar bo’lib turibdi. 
Yüklə 49,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin