Va danakli meva daraxtlari kasalliklari



Yüklə 11,33 Mb.
səhifə1/4
tarix02.12.2023
ölçüsü11,33 Mb.
#171430
  1   2   3   4
Hilola slayt3


JIZZAX DAVLAT UNVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI 3-BOSQICH 220-21 GURUH TLABASI JUMANAZAROVA HILOLANING O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI..
MAVZU:URUG’LI
VA DANAKLI MEVA DARAXTLARI KASALLIKLARI
REJA
1.Urug’ meva daraxtlari kasalliklari
2.Danak mevali daraxtlari kasalliklari
Urugʻli meva daraxtlari - raʼnodoshlar oilasiga mansub urugʻli meva beradigan oʻsimliklar. Bularga olma, behi, nok, doʻlana, mushmula va boshqa kiradi. Urugʻli meva daraxtlarid. bir nechta tur va turxillarni oʻz ichiga oladi. Olma, nokning minglab navlari bor. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Danakli meva daraxtlariga nisbatan kechroq hosilga kiradi, lekin koʻp umr koʻradi, sovuqqa chidamli, mevasi uzoq saqlanadi.

Sitosporoz — mevali va oʻrmon daraxtlarining kurib qolish kasalligi. Asosan, yosh danakli meva daraxtlari (oʻrik, shaftoli) zararlanadi. Cytospora turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Danakli meva daraxtlarining sovuq taʼsirida yoki notoʻgʻri parvarish tufayli zararlangan tanasi va yoʻgʻon shoxlarining poʻstlogʻida kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar oʻrnashib oladi va poʻstloqning zamburugʻ mitseliylari zararlagan joylaridan oʻsimlik shirasi okib chikadi, natijada daraxtlar soʻliydi va qurib qoladi. Kurash choralari: koʻchatlarni toʻgʻri ekish, qurigan shox va daraxtlarni kesib tashlash; daraxtlarni mexanik va termik shikastlanishdan himoya qilish; danakli meva daraxtlariga erta bahorda 1—2% li bordo suyukligi, mis kuporosi, temir kuporosi eritmasini purkash.


Mevali daraxtlarning kuydirgisiBu kasallik Kanada, Meksika, Gvatemala, AQSH, Kolmbiya, Chili, yangi Zelandiya, Belgiya, Polsha, Germaniya, Chexiya, Italiya, Gretsiya, Angliya, Osiyoning-V’etnam, Xitoy, Turkiya, YAponiya, Saudiya Arabistoni,Misr kabi mamlakatlarda keng tarqalgan.Kasallik keyingi yillarda O’zbekistonning barcha qismlariga tarqalib ketdi
Bu kuydirgi kasalligini eubakteriya (Eybacteriae) sinfi, eubakteriales (Eybacteriales) tartibi, bakteriya oilasiga (Bactericeae) kiruvchi, Erwinia amylovora betae bakteriyasi keltirib chiqaradi.
Bakteriya harakatchan, peritrix, tayoqchali, o’lchami 0,9-3 x va 0,5-1,0 mkm ni tashkil etadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi, alohida, juft yoki zanjirsimon, grammanfiy, fakultativ anaerob. O’sishi uchun qulay harorat 22-25 0 S va minimum 30 S hamda 43,7-500 S da to’liq nobud bo’ladi. Ammo qurishga va sovuqqa chidamli. Bakterioz odatda erta bahorda daraxtlar gullagan paytda namoyon bo’ladi. Namlik yuqori va harorat 18o S dan yuqori bo’lishi kasallik uchun qulay sharoit yaratadi. Ekinlarning gul, novda, poya, barg, yosh mevalari va yog’och qismlari zararlanadi.
Ular birdan qorayadi va so’lib qoladi (olovda kuyganga o’xshash).Nam ob-havoda ulardan sutday oq ekssudat chiqadi, u havoda qotadi va qahraboday sariq yoki to’q-qo’ng’ir tus oladi. Zararlangan gulkosabarg, so’ngra gulning barcha boshqa qismlari oldin suv shimganga o’xshaydi, so’ngra kulrang-yashil, qo’ng’ir va oxiri qora tus oladi.Zararlangan guldan bakteriya to’pguldagi boshqa gullarga o’tadi. Erta zararlangan mevalar o’smay qoladi, burishib, qiyshiq shakl olib, qorayadi.Zararlangan novdalar va barglar ham kulrang-yashil tus olib, dog’lar bilan qoplanadi, daraxtlarda osilib, qishda ham tushib ketmaydi.Zararlangan yog’och qismlarda po’stloq botiq shaklga kiradi va qorayadi, chatnab ketadi.

Yüklə 11,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin