Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
13-mavzu. Ijtimoiy soliq va mahalliy yig’imlar
Ijtimoiy soliq va uning mohiyati. Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ekti. Soliq solinadigan baza. Imtiyozlar. Soliq davri. Hisobot davri. Ijtimoiy soliq hisoblash hamda to’lash tartibi. Ijtimoiy soliq mablag’lari taqsimlanishi. Ijtimoiy soliq bo’yicha soliq hisoboti shakllarini to’ldirish tartibi.
Avtotransport yig’imlari. Avtotransport yig’imlarining turlari, to’lovchilar, soliq solish ob’ekti va bazasi. Yig’imlar stavkasi, imtiyozlar va yig’imlarni to’lash tartibi.
Mahalliy yig’imlar va ularning amal qilish xususiyatlari. Mahalliy yig’imlar va ularning mahalliy byudjetlarni shakllantirishdagi o’rni. Mahalliy yig’imlarni to’lovchilar tarkibi.
Mahalliy yig’imlarni hisoblash va to’lash tartibi. Patta haqi to’lovlari. Patta to’lovi miqdori va uni belgilash tartibi. Patta to’lovlaridan hosil bo’lgan mablag’lardan foydalanish jarayoni.
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda yig’imlarning ahamiyatini oshirish.
14-mavzu. Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi
Hisobotlarni elektron ko’rinishda topshirishning zarurligi, joriy etilishi va me’yoriy huquqiy asoslari. Elektron raqamli imzo (ERI). Elektron raqamli imzoni olish tartibi.
“Soliq to’lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish paytida ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlar oynasi. Elektron hisobotlarni tuzish tartibi. Elektron hisobotlarni jo’natish tartibi. Hisobotlarni tekshirish va xatolarni tuzatish tartibi. Hisobotning o’z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolangani to’g’risidagi ma’lumotni olish tartibi.
2. Fanning amaliy mashg’ulotlari mazmuni I-modul. Bevosita soliqlar
1-mavzu. “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Fanning amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimi bilan tanishtirishga qaratilganligi. Fanning asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to’lovlar va ularning o’ziga xos jihatlari bo’yicha talabalarda ko’nikmalar hosil qilishdan iborat ekanligi.
Mazkur fanni o’rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o’yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy mohiyatini ifoda etib berish.
Soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi, ularning amal qilish xususiyatlari. O’zbekiston soliq tizimida amalda bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va va boshqa majburiy to’lovlarning byudjet daromadlaridagi salmog’i hamda ularning o’zgarish sabablari. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi; byudjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi; soliq to’lovchilari nuqtai nazaridan guruhlanishi.
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tarkibi. Jismoniy shaxslarning soliqli to’lovlariga tavsif. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda byudjetga to’lashda soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ustidan soliq organlarining nazorati. Muddatida bajarilmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarish usullari.