Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə149/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

Fan mavzularining nomi

Jami

Shu jumladan

Ma‘ruza

Amaliy mash-g‘ulot

Mustaqil ta‘lim

5-semestr

I-modul. Bevosita soliqlar


“Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish

14

4

4

6


Foyda solig‘i

20

6

6

8


Aylanmadan olinadigan soliq

18

4

4

10


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

28

8

8

12

2-modul. Bilvosita soliqlar


Qo‘shilgan qiymat solig‘i

24

6

6

12


Aksiz solig‘i

14

4

4

6

5-semester bo’yicha jami

118

32

32

54

6 семестр

3-modul. Resurs soliqlari


Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

14

4

4

6


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i

8

2

2

4


Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i

14

4

4

6


Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i

8

2

2

4


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

16

4

4

8


Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq

16

4

4

8


Ijtimoiy soliq va mahalliy yig’imlar

14

4

4

6


Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi

16

4

4

8

6-semester bo’yicha jami

106

28

28

50

JAMI

224

60

60

104

VI. ASOSIY QISM


1. Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni.


I-modul. Bevosita soliqlar


1-mavzu. “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish


“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Fanning amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimi bilan tanishtirishga qaratilganligi. Fanning asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to’lovlar va ularning o’ziga xos jihatlari bo’yicha talabalarda ko’nikmalar hosil qilishdan iborat ekanligi.
Mazkur fanni o’rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o’yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy mohiyatini ifoda etib berish.
Soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi, ularning amal qilish xususiyatlari. O’zbekiston soliq tizimida amalda bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va va boshqa majburiy to’lovlarning byudjet daromadlaridagi salmog’i hamda ularning o’zgarish sabablari. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi; byudjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi; soliq to’lovchilari nuqtai nazaridan guruhlanishi.
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tarkibi. Jismoniy shaxslarning soliqli to’lovlariga tavsif. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda byudjetga to’lashda soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ustidan soliq organlarining nazorati. Muddatida bajarilmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarish usullari.


2-mavzu. Foyda solig’i


Foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foyda solig’ining byudjet daromadlarida tutgan o’rni. Foyda solig’ini undirishda qo’llaniladigan me’yoriy hujjatlar tarkibi. Foyda solig’i to’lovchilari tarkibi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxs rekvizitlari. Foyda solig’ining soliq solish ob’ekti. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlash. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi. Jami daromadlar tarkibining tuzilishi: mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum; asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar, intellektual mulk ob’ektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad; foiz ko’rinishidagi daromad; dividendlar; bepul olingan mol-mulklar; mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; royalti; tekin moliyaviy yordam; da’vo muddati o’tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va hokazolar.
Jami daromaddan chegirmalar. Foyda solig’i bo’yicha imtiyozlar. Foyda solig’ini hisoblash va to’lash muddatlari. Foyda solig’i bo’yicha davlat soliq xizmati organlarining nazorati.


3-mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq


Aylanmadan olinadigan soliqning soliq amaliyotiga tatbiq etilishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiy ahamiyati. Aylanmadan soliq va uning amal qilish jarayoni. Aylanmadan soliqni to’lovchilari.
Aylanmadan soliqning soliq ob’ekti. Yalpi tushum va uning tarkibi: mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum; asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan daromadlar; favqulodda daromadlar. Aylanmadan soliq stavkalarining tabaqalanish mezonlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aylanmadan soliq bo’yicha taqdim etilgan imtiyozlar va preferentsiyalar. Aylanmadan soliqni hisoblash va to’lash tartibi. Aylanmadan soliq bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari.


4-mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i


Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq va uning o’ziga xosligi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq ob’ekti. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari. Jami yillik daromad tarkibi: mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlar; jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari; moddiy naf tarzidagi daromadlar va boshqa daromadlar.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning stavkasi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo’yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: soliq solinmaydigan daromadlar; jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish; ayrim toifadagi soliq to’lovchilarning jami daromadini kamaytirish. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash tartibi.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to’lov manbaida ushlab qolish. Deklaratsiya tushunchasi va uni joriy qilish sabablari. Jismoniy shaxslarning deklaratsiyaga kiritiladigan daromadlari tarkibi. Deklaratsiyani to’ldirish va soliq organlariga topshirish tartibi hamda muddati. Deklaratsiyani muddatida topshirmagan jismoniy shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jarimalar. Deklaratsiya bo’yicha qo’shimcha hisoblanadigan soliq summasini byudjetga to’lash muddati.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin