Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


I. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə147/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

I. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish zaruriyati va ular tomonidan to'lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar davlat byudjetidagi o'rni beqiyosdir. Davlat byudjetining jami soliq tushumlari tarkibida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tushgan soliq tushumlari asosiy qismini tashkil etadi.
Shuning uchun ham yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, soliqqa tortishning asosiy tamoyillari va xususiyatlari, yuridik shaxslardan undiriladigan bevosita, bilvosita va resurs soliqlarning mohiyati va ahamiyati, mazkur sohada erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqiladi.


II. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining asosiy maqsadi – talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Fanning vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi. Talaba:

  • soliqlarning funktsiyalari va vazifalari;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning guruhlanishi;

  • soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlari;

  • respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;

  • O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asoslari;

  • soliq stavkalarining joriy etilishi;

  • soliq imtiyozlari;

  • soliqlarning byudjet daromadlari tarkibida tutgan o’rni va salmog’i;

  • jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar tarkibi;

  • soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

  • soliq to’lovchilarni Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi;

  • soliqlarni hisoblash usullari va to’lash tartiblari haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • soliq elementlari va ularning tarkibini;

  • soliq sub’ektlari tarkibi va ularning guruhlanishini;

  • soliq ob’ektlari va ularning tashkiliy tuzilishini;

  • soliqqa tortiladigan baza uni aniqlash usullarini;

  • soliq stavkalari va ularning tabaqalanishini;

  • soliq imtiyozlari va ularning guruhlanishini;

  • soliqlar va majburiy to’lovlarni hisoblash usullarini;

  • soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblash;

  • mikrofirma va kichik korxonalarni soliqqa tortish;

  • savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish;

  • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini soliqqa tortish;

  • tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan olinadigan qat’iy soliqni hisoblash;

  • qo’shilgan qiymat solig’ini undirish;

  • aksiz solig’ini hisoblash;

  • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish;

  • jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash;

  • yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblash;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash;

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni undirish;

  • mahalliy yig’imlar va ularni undirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin