III. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uzviyligi
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani ixtisoslik fani hisoblanib, u o’quv rejasida rejalashtirilgan “Soliq nazariyasi”, “Soliq statistikasi va prognozi”, “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish”, “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”, “Soliq ma’murchiligi”, “Soliq va boshqa majburiy to’lovlar hisobi”, “Moliya”, “Davlat byudjeti” fanlari bilan bog’liqdir.
IV. Fanning “Ta`lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasi va innovatsiyon rivojlanishdagi o’rni
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish zaruriyati va ular tomonidan to'lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar davlat budjetidagi o'rni beqiyosdir. Davlat budjetining jami soliq tushumlari tarkibida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tushgan soliq tushumlari asosiy qismini tashkil etadi.
Shuning uchun ham yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, soliqqa tortishning asosiy tamoyillari va xususiyatlari, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan bevosita, bilvosita va resurs soliqlarning mohiyati va ahamiyati, mazkur sohada erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqiladi.
V. Fanni o’qitishda qo`llanilishi tavsiya etilayotgan pedagogik, axborot va internet texnologiyalari
Talabalarning “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o'zlashtirishda darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi.
Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun tayyorlangan amaliy masalalar, nazorat va test savollari asosida amalga oshiriladi hamda soliq organlarida ishlatilayotgan dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda turli metod va vositalardan, xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o’yinlar, portfolio, keys-stadi, shuningdek, kompyuter dasturlaridan (Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint,) internet tizimlaridan foydalanish mumkin.
5230600– Moliya, 5230900– Buxgalteriya hisobi va audit, 5232200– Sug’urta ishi, 5232100– Korporativ moliya bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘qitiladigan mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti
Dostları ilə paylaş: |