I. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish zaruriyati va ular tomonidan to'lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar davlat byudjetidagi o'rni beqiyosdir. Davlat byudjetining jami soliq tushumlari tarkibida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tushgan soliq tushumlari asosiy qismini tashkil etadi.
Shuning uchun ham yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, soliqqa tortishning asosiy tamoyillari va xususiyatlari, yuridik shaxslardan undiriladigan bevosita, bilvosita va resurs soliqlarning mohiyati va ahamiyati, mazkur sohada erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqiladi.
II. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining asosiy maqsadi – talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Fanning vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriyahisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi. Talaba:
soliqlarning funktsiyalari va vazifalari;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning guruhlanishi;
soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlari;
respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asoslari;
soliq stavkalarining joriy etilishi;
soliq imtiyozlari;
soliqlarning byudjet daromadlari tarkibida tutgan o’rni va salmog’i;