9-mavzu. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni undirishning huquqiy asoslari.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ob‘ekti va uni aniqlash tartibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bo‘yicha; yer osti suv resurslari manbalari bo‘yicha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar tarkibi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.
10-mavzu. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning to‘lovchilar tarkibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning ob‘ekti. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar va ularning qo‘llanilish tartibi.
Soliqni hisoblash va budjetga o‘tkazish muddati. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq hisobini yuritish va uni buxgalteriyada rasmiylashtirish.
11-mavzu. Mahalliy yig’imlar
Mahalliy yig’imlar va ularning amal qilish xususiyatlari. Mahalliy yig’imlar va ularning mahalliy budjetlarni shakllantirishdagi o’rni. Mahalliy yig’imlarni to’lovchilar tarkibi.
Mahalliy yig’imlarni hisoblash va to’lash tartibi. Patta haqi to’lovlari. Patta to’lovi miqdori va uni belgilash tartibi. Patta to’lovlaridan hosil bo’lgan mablag’lardan foydalanish jarayoni.
Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda yig’imlarning ahamiyatini oshirish.