2001-2010 yillarda daromad solig‘ining stavkalari
Eng kam oylik ish haqining miqdori
|
2001
yil
|
2002 yil
|
2003
yil
|
2004
yil
|
2005
yil
|
2006
yil
|
2007 yil
|
2008 yil
|
2009
yil
|
2010
yil
|
1 barobar
|
12%
|
13%
|
13%
|
13%
|
13%
|
13%
|
13%
|
13%
|
12%
|
11%
|
2 barobar
|
3 barobar
|
4 barobar
|
5 barobar
|
25%
|
6 barobar
|
23%
|
22%
|
21%
|
21%
|
20%
|
18%
|
7 barobar
|
18%
|
17%
|
17%
|
8 barobar
|
9 barobar
|
36%
|
10 barobar
|
10 barobaridan yuqori
|
33%
|
32%
|
30%
|
30%
|
29%
|
25%
|
25%
|
22%
|
22%
|
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga muvofiq 2010 yilda jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan:
jadval
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari
Soliq solinadigan daromad
|
Soliq stavkasi
|
Eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdorda
|
Daromad summasining 11 foizi
|
Eng kam ish haqining olti baravaridan (+1 sо‘m) о‘n baravarigacha miqdorda
|
Olti baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining olti baravaridan oshadigan summadan 17 foiz
|
Eng kam ish haqining о‘n baravari (+1 sо‘m) va undan yuqori miqdorda
|
О‘n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining о‘n baravaridan oshadigan summadan 22 foiz
|
Jismoniy shaxsning - О‘zbekiston Respublikasi norezidentining О‘zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bо‘yicha soliq solinadi:
dividendlar va foizlarga - 10 foiz;
Soliq kodeksining 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari kо‘rsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz;
intellektual mulk obyektlariga bо‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga о‘tkazganlik uchun mukofot, ijara bо‘yicha daromadlarga hamda ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan, mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusga ega shartnomalar bо‘yicha olingan boshqa daromadlarga - 20 foiz.
Tо‘lov manbaida soliq solish tо‘lov О‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qо‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bо‘yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu bо‘limda belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bо‘yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bо‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga о‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
О‘z xodimlariga moddiy yordam kо‘rsatgan va sovg‘alar bergan soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini soliq davrining oxirida amalda bо‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qiladi.
Jismoniy shaxsning asosiy bо‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovg‘a, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari tо‘g‘risida deklarasiya topshirgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davrining oxirida amalda bо‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, о‘qish) joyi о‘zgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda о‘ziga tо‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari tо‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, о‘qish) joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, о‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq tо‘lovchining identifikasiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka bо‘yicha ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma yoki identifikasiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, о‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, о‘qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, о‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq agentlari:
1) soliq davri tugaganidan sо‘ng о‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar tо‘g‘risida, asosiy ish joyi bо‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar bundan mustasno, О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi va О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi:
soliq tо‘lovchining - jismoniy shaxsning identifikasiya raqami;
soliq tо‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;
о‘tgan soliq davri yakunlari bо‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi;
soliq agentining identifikasiya raqami;
soliq agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda tо‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi va О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart.
Tо‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda tо‘lanadi:
pul mablag‘larini olish uchun xizmat kо‘rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda. Ish haqi bо‘yicha oyning birinchi yarmi uchun bо‘nak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda soliqni tо‘lash amalga oshirilmaydi;
tо‘lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday tо‘lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bо‘lsa.
Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag‘ida ish haqini tо‘lash va bir vaqtning о‘zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga о‘tkazish uchun mablag‘lar yetarli bо‘lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bank hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga mutanosib summada byudjetga о‘tkaziladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. «O‘zbekiston» nashriyoti 1992 yil
2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. Adliya vazirligi «Adolat» nashriyoti 2008 yil
3. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Adliya vazirligi «Adolat» nashriyoti 2008 yil
4.O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1997 yil.
5. O‘zbekiston Respublikasining «Soliq maslahati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 2006 yil.
6. O‘zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘pisida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1999 yil.
7.O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 2000 yil.
8.O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat nazorati to‘g‘risida»gi qonuni. «O‘zbekiston» nashriyoti 1998 yil.
Dostları ilə paylaş: |