Soliqlar va soliqqa tortish


Yig‘imlar stavkasi, imtiyozlar va yig‘imlarni to‘lash tartibi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə87/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

4. Yig‘imlar stavkasi, imtiyozlar va yig‘imlarni to‘lash tartibi. Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobilni yoki motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;
2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta‘mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar – mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari bo‘yicha;
4) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalari – yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);
5) yuridik shaxslar – qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo‘yicha;
6) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
7) yuridik shaxslar – avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazishda;
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
9) avtotransport vositalarini 3–5-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.

19.1-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin