Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə101/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

Masala. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘langunga qadar foydasi 105000000 so‘m bo‘lgan. Bundan tashqari korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar ham berilgan:
1. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlariga homiylik yordami ko‘rsatilgan - 18000000 so‘m;
2. Nuroniylar oromgohiga yordam ko‘rsatish uchun – 9000000 so‘m ajratilgan.
Talab qilinadi:
1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to‘lovchisi bo’lgan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona 2017 yil hisobot davri uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

  • ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 128000000 so‘m;

  • chet el valyutasiga sotilgan mahsulot miqdori - 14000 AQSH dollari (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSH dollari - 3625 so‘mga teng bo’lgan).

  • omborxonalarni ijaraga berishdan olingan sof daromad - 27000000 so‘m;

  • uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani uchun sotuvchi korxonadan tushgan jarima va shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov – 9980000 so‘m;

  • yordamchi korxonadan olingan dividendlar (dividenddan undirlgan soliq haqidagi ma‘lumotnoma mavjud) – 13390000 so‘m;

  • “KOMPYuTER-XIZMAT” firmasi tomonidan xodimlar bo‘limiga tegishli 17510000 so‘mlik kompyuter dasturi tekinga o‘rnatib berilgan;

  • 2016 yilda qonunchilikka asosan chegirmaga olib borilgan 3050000 so‘mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan.

  • sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi – 113750000 so‘m, shu jumladan, ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy vositalarning eskirishi belgilangan me‘yorga nisbatan 2 koeffitsient qo‘llanilgan bo‘lib, 21000000 so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar ham amalga oshirilgan:

  • o‘z mahsulotini reklama qilish uchun – 1250000 so‘m sarflangan;

  • boshqaruv xodimlari uchun ish haqi bo‘yicha xarajat – 44950000 so‘m;

  • xizmat safari xarajatlari, me‘yordagisi – 3920000 so‘m, me‘yordan yuqori – 850000 so‘m;

  • xizmat avtomobilini saqlash uchun xarajatlar – 1450000 so‘m;

  • uyali telefon uchun qilingan xarajatlar – 1345000 so‘m;

Talab qilinadi:
1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
3. Korxonaning hisobot davri uchun foydasini hisoblang.


Masala. Korxona hisobot davrida quyidagi ko’rsatkichlarga erishgan:

  • tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan sof tushum – 31920000 (shundan, eksport faoliyatidan – 6700000);

  • foyda solig’i to’langunga qadar foyda – 5080000 so’m;

  • chegirilmaydigan xarajatlar umumiy summasi – 2056000 so’m;

  • qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividendlar summasi – 750000 so’m;

  • soliq solinadigan foydani kamaytirish bo’yicha imtiyozlar – 1000000 so’m.

Talab qilinadi:
1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin