Masala. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘langunga qadar foydasi 105000000 so‘m bo‘lgan. Bundan tashqari korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar ham berilgan:
1. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlariga homiylik yordami ko‘rsatilgan - 18000000 so‘m;
2. Nuroniylar oromgohiga yordam ko‘rsatish uchun – 9000000 so‘m ajratilgan.
Talab qilinadi: 1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to‘lovchisi bo’lgan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona 2017 yil hisobot davri uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 128000000 so‘m;
chet el valyutasiga sotilgan mahsulot miqdori - 14000 AQSH dollari (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSH dollari - 3625 so‘mga teng bo’lgan).
omborxonalarni ijaraga berishdan olingan sof daromad - 27000000 so‘m;
uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani uchun sotuvchi korxonadan tushgan jarima va shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov – 9980000 so‘m;
yordamchi korxonadan olingan dividendlar (dividenddan undirlgan soliq haqidagi ma‘lumotnoma mavjud) – 13390000 so‘m;
“KOMPYuTER-XIZMAT” firmasi tomonidan xodimlar bo‘limiga tegishli 17510000 so‘mlik kompyuter dasturi tekinga o‘rnatib berilgan;
2016 yilda qonunchilikka asosan chegirmaga olib borilgan 3050000 so‘mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan.
sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi – 113750000 so‘m, shu jumladan, ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy vositalarning eskirishi belgilangan me‘yorga nisbatan 2 koeffitsient qo‘llanilgan bo‘lib, 21000000 so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar ham amalga oshirilgan:
o‘z mahsulotini reklama qilish uchun – 1250000 so‘m sarflangan;
boshqaruv xodimlari uchun ish haqi bo‘yicha xarajat – 44950000 so‘m;
xizmat safari xarajatlari, me‘yordagisi – 3920000 so‘m, me‘yordan yuqori – 850000 so‘m;
xizmat avtomobilini saqlash uchun xarajatlar – 1450000 so‘m;
uyali telefon uchun qilingan xarajatlar – 1345000 so‘m;
Talab qilinadi: 1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
3. Korxonaning hisobot davri uchun foydasini hisoblang.
Masala. Korxona hisobot davrida quyidagi ko’rsatkichlarga erishgan:
tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan sof tushum – 31920000 (shundan, eksport faoliyatidan – 6700000);
foyda solig’i to’langunga qadar foyda – 5080000 so’m;
chegirilmaydigan xarajatlar umumiy summasi – 2056000 so’m;
qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividendlar summasi – 750000 so’m;
soliq solinadigan foydani kamaytirish bo’yicha imtiyozlar – 1000000 so’m.
Talab qilinadi: 1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.