Talab qilinadi: 1. Hisobot davrida korxona qancha mol-mulk solig‘ini to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Korxona asosiy vositalarining 31 yanvar holati buyicha qiymati 800 000 so’mni tashkil etib, aprel oyining birinchi un kunligida yana 150 000 so’mlik asosiy vosita kirim qilingan. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 31 yanvar holatiga 100 000; 28 fevral holatiga 115 000; 31 mart holatiga 130 000 so’mni tashkil etadi.
Talab qilinadi: 1. 2017 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Yuridik shaxs oktyabr oyining so’ngi o’n kunligida ta’sis etilgan. Uning asosiy vositalari 845 000 so’mni tashkil etadi. Korxona mulki yangi bo’lganligi uchun eskirish hisoblanmagan. Har bir oy uchun o’rtacha ularning boshlang’ich qiymatidan 10% eskirish hisoblanadi.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida korxona qancha mol-mulk solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Korxona asosiy vositalarining 31 yanvar holati bo’yicha qiymati 4 350 000 so’mni tashkil etib, 10 fevralda 150 ming so’mlik qiymatdagi asosiy vositalar kirim qilindi va 20 fevralda 250 000 so’m qiymatdagi asosiy vositalar realizatsiya qilindi. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 31 yanvarga 500 000, 28 fevralga 600 000, 31 martga 750 000 so’mni tashkil etadi.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida korxona qancha mol-mulk solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
MAVZU BO’YICHA TESTLAR
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini soliqqa tortiladigan bazasini aniqlang. asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati