NAZORAT SAVOLLARI Mol-mulk solig‘i qachon joriy etilgan va uni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad nima?
Mol-mulk solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ahamiyati qanday?
Mol-mulk solig‘ini to‘lovchilari kimlar?
Soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan korxonalar asosiy faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlarida mol-mulk solig‘ini to‘lashadimi?
Mol-mulk solig‘ining ob‘ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
Korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati qanday tartibda topiladi?
Mol-mulk solig‘i stavkalari qanday belgilangan?
Mahsulotini eksport qilayotgan korxonalarga mol-mulk solig‘ini hisoblanishi qanday tartibda amalga oshiriladi, agarda eksport hajmi mahsulotni sotishda 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa?
Mol-mulk solig‘idan kimlar imtiyozga ega?
Soliq idoralariga qaysi muddatlarda mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisob-kitob topshiriladi?
Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‘ekti uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi qanday belgilangan?
Me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi qanday belgilangan?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala. 2017 yil 1 yanvar holatiga mol-mulk solig‘i to‘lovchi korxonada asosiy vositalar bo‘lmagan. 13 yanvarda korxona 580000 so‘mga kompyuter, 25 martda esa 220000 so‘mga printer sotib olgan.
Talab qilinadi: 1. 2017 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Korxona mol-mulkining o‘rtacha qoldiq qiymati 80 000 000 so‘mni tashkil etadi, bundan:
- me‘yoriy muddatlarda tugatilmagan qurilishning qiymati – 20 000 000 so‘m;
- 25 000 000 so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan.
Joriy davr uchun umumiy tushum 25 300 000 so‘m, bundan 5 400 000 so‘mligi korxona o‘z mahsulotini erkin valyutaga eksportga sotgan.