Soliqlar va soliqqa tortish


Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə23/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

4.Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Yagona soliq to‘lovini yuridik shaxslar mustaqil ravishda belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblaydilar. Yagona soliq to‘lovi stavkalari 2017 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan:
4.1-jadval
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari27

N



To’lovchilar



Soliq stavkalari,
soliq solinadigan
bazaga nisbatan %da

1



Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari, 2-7-bandlarda ko’rsatib o’tilganlaridan tashqari

5*



2



Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlarni ko’rsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari)

5



3

Lombardlar

30

4



Gastrol-konsert faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar

30



5



Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (6-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik, topshiriq va boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan korxonalar

33**



6



Qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar

13**



7



Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar (ijaraga berishdan olingan daromadlar 60%dan ko’pni tashkil etadi)

30



8



O’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan korxonalar uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom ashyo tovarlari bundan mustasno:




sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha



belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’p



belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi

*) lizing kompaniyalari uchun lizing beruvchining daromadiga nisbatan foizlarda (marja).
**) haq (yalpi daromad) summasiga nisbatan foizlarda.
Bundan tashqari, alohida toifadagi korxonalar jumlasiga kiruvchi loteriyalar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida soliqqa tortiladilar.
Quyidagi mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan to‘liq ozod etiladi:
- Yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg’armasi va “O’zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi.
2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga quyidagi preferentsiyalar nazarda tutiladi:
1) ilgari kichik biznes sub‘ektlariga yagona soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi. Bu uni to‘lashdan to‘liq ozod qilishga nisbatan ham, soliq stavkasini pasaytirishga nisbatan ham belgilanadi;
2) yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi. Ushbu qoida faqat yangi tashkil etilayotgan (2005 yilning 1 iyulida va undan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan) mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbiq etiladi.
3) qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun budjetga ijara haqini to‘lamaslik huquqi.
Soliq amaliyotiga yagona soliq to‘lovining kiritilishi kichik biznes sub‘ektlarini va mikrofirmalarni soliqqa tortish uslubiyatini yanada soddalashtirdi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin