Soliqlar va soliqqa tortish


Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix27.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#149551
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
qoshilgan qiymat soligini hisoblash va tolash tartibi

2.3.
Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi 
Qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import 
bo’yicha alohida hisoblanadi. Soliq solinadigan oborotlar bo’yicha qo’shilgan 
qiymat solig’i soliq solinadigan baza va belgilangan stavka asosida aniqlanadi. 
Import opreatsiyasi bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining summasi ham soliq 
solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Bugungi kunda, qo’shilgan qiymat solig’i 20% da va 0% da soliqqa tortiladi. 
Nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan oborotlariga quyidagilar kiradi: 
- tovarlarni eksport qilish; 

chet 
el 
diplomatik 
vakolatxonalari 
va 
ularga 
tenglashtirilgan 
vakolatxonalarga rasmiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga 


50 
(ishlarga, xizmatlarga) soliq solish; 
-«Bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni 
qayta ishlash bo’yicha bajarilgan ishlarga, ko’rsatilgan xizmatlarga soliq solish; 
- xalqaro yo’nalishda tashishlarga soliq solish; 
- aholiga ko’rsatilayotgan kommunal xizmatlarga soliq solish. 
Soliq solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi va 
hisobga olinadigan soliq summasi o’rtasidagi farqi davlat byudjetiga to’lanadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olishda korxona tomonidan to’langan 
qo’shilgan qiymat summasining ayrim toifalari byudjetga to’lanadigan qo’shilgan 
qiymat solig’i summasini aniqlashda hisobga olinadi, ayrimlari esa olinmaydi. 
Korxonalar soliq solinmaydigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar 
bo’yicha mahsulot etkazib beruvchilarga va import bo’yicha to’lanishi lozim 
bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydi. Bunday oborotga taaluqli 
bo’lgan, ilgari to’lagan qo’shilgan qiymat solig’i tovarlarning qiymatida hisobga 
olinadi. 
Amaldagi soliq qonunchiligiga asosan, hisobga olinuvchi qo’shilgan qiymat 
solig’i summasini aniqlashning ikki usuli mavjud. Soliq to’lovchining tanloviga 
binoan alohida-alohida yoki mutanosib usulda aniqlanadi. 
Hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasini aniqlashning 
tanlangan usuli soliq to’lovchining hisob siyosatida o’z aksini topadi va kalendar 
yil mobaynida o’zgartirilishi mumkin emas. 
Mutanosib usuli bilan hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i 
summasini aniqlashda, hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasi 
soliq solinadigan oborotning umumiy oborot summasidagi ulushidan kelib chiqib 
belgilanadi. 
Hisobga 
olinadigan 
summani 
aniqlashning 
alohida-alohida 
usul 
qo’llanilganda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi soliq solinadigan va soliq 
solinmaydigan oborot maqsadlarida foydalanish uchun olingan tovarlar yuzasidan 
xarajatlar hamda qo’shilgan qiymat solig’i summalari bo’yicha alohida-alohida 


51 
hisob yuritadi.
Qo’shilgan qiymat solig’ining summasini hisobga olish huquqiga ega bo’lish 
uchun ayrim shartlar bajarilishi talab qilinadi.3-jadvalga qarang. 
Tassischi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lgan hollarda, mol-mulk 
ustav fondiga qo’yilma sifatida olinganda oluvchi etkazib beruvchi tomonidan 
to’langan qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olishi mumkin.
3-jadval 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin