Soliqlar va soliqqa tortish


Qo’shilgan qiymat solig’ining summasini hisobga olish uchun bajarilishi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix27.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#149551
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
qoshilgan qiymat soligini hisoblash va tolash tartibi

Qo’shilgan qiymat solig’ining summasini hisobga olish uchun bajarilishi 
lozim bo’lgan shartlar
20
 
 
t/r 
Qo’shilgan qiymat solig’ining summasini hisobga olish uchun bajarilishi lozim 
bo’lgan shartlar 

tovarlarni oluvchi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi bo’lsa
 

tovarlardan soliq solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka 
qo’llaniladigan oborotlar maqsadida foydalanilsa
 

olingan tovarlarga etkazib beruvchi tomonidan yozilgan hisobvaraq-faktura yoki 
taqdim etiladigan qo’shilgan qiymat solig’i alohida ajratib ko’rsatilgan boshqa hujjat 
mavjud bo’lsa
 

tovarlar import qilinganda qo’shilgan qiymat solig’i byudjetga to’langan bo’lsa. 
Agar import qilingan tovarlar bo’yicha soliqni byudjetga to’lashdan ozod etish 
tarzida bo’shagan mablag’larni aniq maqsadlarga yo’naltirish sharti bilan imtiyoz 
berilgan bo’lsa ham qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinadi
 

Norezident uchun qo’shilgan qiymat solig’i byudjetga to’langan bo’lsa
 

nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib 
oluvchi (to’lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq 
to’langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko’chirma mavjud bo’lsa.
 
Nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga 
realizatsiya qilish oboroti maqsadida foydalaniladiganda ham to’langan qo’shilgan 
qiymat solig’i hisobga olinadi. Ammo, haqiqatda olingan tovarlar bo’yicha 
to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i eksportidan bank hisobvarag’iga 
kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi. Amaliyotda eksportga 
sotilgan tovarlar uchun valyuta mablag’i vositachilarning bank hisob varag’iga 
kelib tushushi mumkin. Bunday hollarda, hisobga olinuvchi qo’shilgan qiymat 
solig’i vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq to’lovchining hisobvarag’iga 
20
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тайёрланган.


52 
kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
Kafolatli muddati davrida sotilgan tovarlarni ta’mirlash va texnik xizmat 
ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha haq olmasdan ishlar bajarilganda, xizmatlar 
ko’rsatilganda moddiy resurslar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan 
qiymat solig’i summasi hisobga olinadi. Albatta, moddiy resurslarni sotgan shaxs 
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lishi lozim. 
Komitent, topshiriq beruvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti 
bo’lsa, import qilishda to’langan qo’shilgan qiymat solig’i hisobot davrida 
realizatsiya qilingan tovarlar ulushida hisobga olinadi.
Soliq to’lovchi hisobot davrida umumbelgilangan soliqlarni to’lashga yoki 
qo’shilgan qiymat solig’ini ixtiyoriy to’lashga o’tishi mumkin. Bunday hollarda,
yuridik shaxs umumbelgilangan soliqlarni to’lashga yoki qo’shilgan qiymat 
solig’ini ixtiyoriy to’lashga o’tilgan paytdan e’tiboran tovarlarning qoldiqlari 
bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish huquqiga ega bo’ladi. 
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinganda, 
qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan vaqtdan
soliq to’lovchida hisobga olish huquqi paydo bo’ladi. 
Bir vaqtda, soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot mavjud 
bo’lganda, soliq solinadigan oborotga, shu jumladan nol darajali stavka bo’yicha 
soliq solinadigan oborotga, shuningdek yuridik shaxsning o’z ehtiyojlari uchun, 
xarajatlar sifatida qaraladigan oborotga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat solig’i 
summasi hisobga olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddaasida hisobga 
olinmaydigan qo’shilgan qiymat solig’i summalari bayon qilingan. Ularga 
quyidagilar kiradi: 
-qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lmagan yuridik shaxslar tomonidan, 
shuningdek qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar ishlab chiqaruvchi 
yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar bo’yicha; 
-olinayotgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan 


53 
ob’ektlar bo’yicha, shuningdek moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish 
uchun olinayotgan mol-mulk bo’yicha;
-O’zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof 
etilmaydigan tovarlar bo’yicha; 
-tekinga olingan tovarlar bo’yicha; 
-chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan 
mol-mulk bo’yicha
21
.
Ilgari hisobga olingan qo’shilgan qiymat solig’i summalari ayrim holatlarda 
hisobga olishdan chiqarib tashlanadi. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi: 
- soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o’tganda ilgari hisobga olingan 
tovar-moddiy zaxiralar, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari bo’yicha; 
-qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar ishlab chiqarish uchun 
foydalanilayotgan tovarlar bo’yicha;
-vakolatli organ, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan tasdiqlangan 
normalardan ortiqcha moddiy resurslar bo’yicha yo’qotishlar bo’yicha; 
-qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bo’yicha imtiyoz berilganligi munosabati 
bilan soliq solinmaydigan oborotlar yuzaga kelgan hollarda. 
Kalendar yil qo’shilgan qiymat solig’i uchun soliq davri, hisobot davri esa 
quyidagicha aniqlanadi:
-qo’shilgan qiymat solig’i to’laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar 
uchun — yil choragi;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar 
uchun — bir oy. 
Hisobot davri uchun qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari o’zlarining soliq 
majburiyatlari bo’yicha hisobot topshiradilar. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha 
soliq hisob-kitobi hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib 
boruvchi yakun bilan topshiradilar. Soliq hisob-kitoblarini topshirish muddati 
korxonaning mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirishi yoki 
21
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тайёрланган. 


54 
kirmasligiga qarab o’zgaradi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar hisoblanmagan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar tomonidan oyma-oy - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot 
topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
Mikrofirmalar va kichik korxonalar esa soliq hisob-kitoblarini yilning har 
choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari 
bo’yicha - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda topshiradilar.
Soliq hisob-kitoblariga soliq davri mobaynida olingan tovarlar hamda 
realizatsiya qilingan tovarlar bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini ilova qiladi.
Hisobvaraq-faktura qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi. Unda quyidagi 
ma’lumotlar yoritilishitalab qilinadi: 
- hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi; 
-hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar jo’natish hujjatlarining yoki 
shartnomaning raqami va sanasi; 
- soliq to’lovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi, 
joylashgan eri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami; 
-realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan 
xizmatlarning nomi va o’lchov birliklari (ularni ko’rsatishning imkoniyati bo’lsa); 
-o’lchov birligidan (ularni ko’rsatishning imkoniyati bo’lsa) kelib chiqqan 
holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan 
xizmatlarning hisobvaraq-faktura bo’yicha soni (hajmi); 
-shartnoma (kontrakt) bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan 
holda, qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga 
solinadigan narxlar (tariflar) qo’llanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga 
olgan holda o’lchov birligiga to’g’ri keladigan narx (tarif); 
-realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan 
xizmatlar jami sonining (hajmining) qo’shilgan qiymat solig’isiz qiymati; 
-aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’ining stavkasi va summasi; 


55 
- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim etilayotgan 
qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va summasi; 
-transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq stavkasi va summasi;
-realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar jami 
sonining (hajmining) aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i, 
qo’shilgan qiymat solig’i hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va 
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan qiymati.
22
hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda taqdim etilmaydi: 
- yo’lovchilar tashishni yo’l chiptalari bilan rasmiylashtirish; 
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda 
sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, 
kvitantsiya berish; 
-tovarlarning eksport-import tarzida etkazib berilishini rasmiylashtirish; 
- qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy 
ijara shartnomasi bo’yicha mol-mulkni topshirish; 
- bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma berish 
orqali rasmiylashtirish;
- sug’urta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sug’urta polisi orqali 
rasmiylashtirish. 
2013 yilda firma tomonidan 1061.46 mln.so’m qo’shilgan qiymat solig’i 
hisoblangan. Ammo, mazkur hisobot davrida sotib olingan tovarlarga to’g’ri 
keluvchi, hisobga olinadigan, to’langan qo’shilgan qiymat solig’i summasi ham 
mavjud bo’lgan. Uning summasi 203.45 mln.so’mni tashkil qilgan. Shu sababli, 
2013 yilda byudjetga 858.01 mln.so’m qo’shilgan qiymat solig’i to’langan. 2014 
yilda firmaning jami hisoblagan qo’shilgan qiymat solig’i summasi1416 
mln.so’mni tashkil qilgan. Hisobga olinuvchi qo’shilgan qiymat solig’i summasi 
22
Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодекси. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 
2007 й., 52 (i)-сон 


56 
269.90mln.so’mni tashkil qilgani uchun, byudjetga faqat 1146mln.so’m qo’shilgan 
qiymat solig’i to’langan. 4-jadvalga qarang. 
4-jadval 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin