Soliqlar va soliqqa tortish


O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’ini



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix27.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#149551
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
qoshilgan qiymat soligini hisoblash va tolash tartibi

3.2.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’ini 
hisoblash va to’lash tartibini rivojlantirish
Respublikamiz soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i respublikamiz 
mustaqilligini dastlabki yillaridan amalga joriy qilingan. Bugungi kunga qadar 
mazkur soliq turini undirish mexanizmi doimiy takomillashtirib kelinmoqda. 
Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish borasida chet mamlakatlar tajribasini 
o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, respublikamizda undiriluvchi qo’shilgan qiymat 
solig’ini undirish mexanizmi asosan xalqaro talablarga javob beradi. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan, qo’shigan qiymat solig’ini hisoblash va 
to’lash jarayonlarida echilishi lozim bo’lgan muammoalar mavjud. Bu muammolar 
respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanib borishi hamda soliq tizimi ham 
davr talabiga mos takomillashtirilish zarurati bilan bevosita bog’liq. 
Bugungi kunda, qo’shilgan qiymat solig’ini soliq solish ob’ektini haqqoniy 


62 
hisobini yuritish borasida talaygina muammoalar mavjud. Qo’shilgan qiymat 
solig’i to’lovchisi hisoblangan ko’plab korxona va tashkilotlar aholiga xizmat 
ko’rsatish bilan shug’illanishadilar. Shulardan ayrimlari aholidan ko’rsatilgan 
xizmat uchun olgan to’lovlar miqdorini noma’lum sabablarga ko’ra kamaytirib 
hisobga olishadilar. Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o’rtasida
bajariladigan ishlarning bozor bahosi emas, kelishilgan narxlarni qo’llashga 
harakat qilishadilar. Oqibatda, davlat byudjetiga to’lanishi lozim bo’lgan 
qo’shilgan qiymat solig’i summasi kamayadi. 
Qo’shilag qiymat solig’i bilovsita soliqligi va u oxirgi iste’molchidan
undirilishini bilamiz. Ammo, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari oxirgi 
iste’molchiga xizmat qiluvchi asosiy tashkilotlardan biridir. Amaldagi soliq 
qonunchiligiga asosan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq 
to’lovi to’lovchilari hisoblanishadilar. Ularga umumiy belgilangan soliqlarni 
to’lash tizimiga o’tish ruhsat berilmaydi. 
Jahonning rivojlangan davlatlarida savdo korxonalari qo’shilgan qiymat 
solig’ini, iste’mol solig’ini to’lashadilar. 
Yuqoridagilarga asoslanib, respublikamizda faoliyat yurituvchi savdo 
korxonalari uchun qo’shilgan qiymat solig’ini joriy qilish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205-moddasida soliq 
to’lovchining qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq solinadigan bazasiga 
quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi: 
1) tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o’zgarganda; 
3) narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda; 
4) bajarilgan ishlardan, ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda, deb 
belgilangan. 
Nazarimizda, soliq solinadigan bazaga o’zgartirishlar kiritish holatlarining 
to’rtinchi banadi “narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) 
foydalanganda” qismi soliq amaliyotiga to’g’ri kelmaydi. Chunki, sotuvchi va 


63 
xaridor oldin tovar bahosini kelishadi, zarur bo’lgan skidkalarni beradi, keyin 
sotilgan tovar uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Shu sababli,
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205 moddasi, 3 qismini quyidagicha 
qayta tahrir qilish taklif qilinadi: “tovarlar narxi o’zgarganda”. 
O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 208-moddasida(“Soliqdan ozod 
etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti”), 15 bandi 
3-qismida quyidagi mazmunda soliq imtiyozi berilgan: “turistik-ekskursiya 
xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko’rsatish 
uchun yo’llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya 
xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko’rsatish 
shartnomasida belgilangan transportda xizmat ko’rsatishdan, yashab turishga, 
ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini 
tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat bo’ladi”. Nazarimizda, 
qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan ushbu soliq imtiyozi maqsadga 
muvofiq emas. Chunki, turistik-ekskursiya xizmatlaridan aholining boy 
taminlangan qismi foydalanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan 
ushbu imtiyozni olib tashlanishi soliqning qaytataqsimlash funktsiyasining 
samarasi yanada oshgan bo’ladi. 
Bugungi kunda, Hukumatimiz tomonidan respublikada kichik biznesni 
rivojlantirish borasida ko’plab ishlar qilinmoqda. Kichik biznesni rivojlanishi 
uchun bir-qator soliq imtiyozlari berilgan. Tadbirkorlar respublikada ishlab 
chiqarishni tashkil qilish uchun ularga texnologik liniyalar, uskunalar zarur 
bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208 moddasida kodeksining 
208-moddasida(“Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilish oboroti”), 34 bandida investor va davlat mulkini boshqarish 
bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya 
majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk qo’shilgan qiymat solig’idan 
ozod qilinganligi bayon qilingan. Bundan tashqari 211 – modda, 7 banda: 
O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan 


64 
ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek 
butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish texnologik 
asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa,
import bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinishi belgilangan. . Import 
qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil 
mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur 
imtiyozning amal qilishi qo’shilgan qiymat solig’i to’lash bo’yicha majburiyatlar 
tiklangan holda bekor qilinadi, deb belgilangan. 
Ammo, kichik biznes sub’ektlari o’zlari ixtiyoriy ravishda chet mamlakatlar 
bilan shartoma tuzib, o’zlariga kerakli bo’lgan ishlab chiqarish texnalogiyalarini, 
uskunalarni respublikaga olib kelishi mumkin. Shu sababli, O’zbekiston 
Respublikasi soliq kodeksining 208-moddasiga(“Soliqdan ozod etiladigan 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti”) quyidagi mazmundagi 
qo’shimcha qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “ kichik biznesni tashkil 
qilish maqsadida, tadbirkorlar tomonidan chetdan olib kiritiluvchi ishlab chiqarish 
texnalogiyalari va uskunalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi”. 
Yuqoridagilarga asoslanib, xulosa sifatida quyidagilar taklif qilinadi: 
1.aholiga naqd pulga xizmat kursatuvchi, qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi 
korxonalar tomonidan xizmat haqini to’liqligicha hisobga olinishi ustidan
nazoratni kuchaytirish zarur. 
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205 moddasi, 3 qismini 
quyidagicha qayta tahrir qilish taklif qilinadi: “tovarlar narxi o’zgarganda”. 
3. qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan ushbu soliq imtiyozining
maqsadga muvofiq emasligi sababli, O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 
208-moddasida(“Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilish oboroti”), 15 bandi 3-qismida belgilangan soliq imtiyozi: 
“turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik 
xizmatlar ko’rsatish uchun yo’llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan 
barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari 


65 
turistik xizmatlar ko’rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat 
ko’rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya 
xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan 
iborat bo’ladi”ni bekor qilish.
4. O’zbekiston respublikasi Soliq kodeksi 211 – moddasiga quyidagi 
mazmunda qo’shimcha qilish: “ kichik biznesni tashkil qilish maqsadida, 
tadbirkorlar tomonidan chetdan olib kiritiluvchi ishlab chiqarish texnalogiyalari va 
uskunalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi”. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin