XULOSA
Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibini tadqiq qilish
natijasida quyidagi xulosalarga kelindi.
1.Qiymat, baho, narx, narxni shakllanishi, moddiy va mexnat xarajatlari,
korxonaning foydasi qo’shilgan qiymatning iqtisodiy mohiyatini ochib beradi.
2.Qo’shilgan qiymat- bu mahsulot, tovar, ish va xizmatlar qiymatining bir
qismi bo’lib, u ishlab chiqarish, ulgurji, chakana savdo va vositachi korxonalarda
yaratiladi.
3.Mahsulotning bozor bahosi bilan uni ishlab chiqarish uchun sarflangan
material xarajatlar o’rtasidagi farqni qo’shilgan qiymat deb e’tirof etish mumkin.
4.Yanada aniqroq xulosa qilganda, qo’shilgan qiymat mehnat vositasini va
korxona foydasini o’z ichiga oladi.
5.Qo’shilgan qiymat solig’i egri soliq bo’lib, respublikamiz iqtisodiyotini
tartibga solishda, davlat byudjeti daromad qismini shakllantirishda muhim ahmiyat
kasb etadi.
6.Qo’shilgan qiymat solig’i boshqa soliq turlariga nisbatan yangi soliq bo’lib,
dastlab u Frantsiyada amalga joriy qilingan.
7.Yaponiya va AQSh soliq tizimida mavjud bo’lgan, iste’mol solig’i
qo’shilgan qiymat solig’iga mohiyatan o’xshaydi.
66
8.Qo’shilgan qiymat solig’i ham boshqa soliq turlari kabi bir-xil
funktsiyalarni bajaradi va yagona tamoyillarga ega.
9.Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish jarayonida soliq to’lovchi va vakolatli
davlat organlari o’rtasida soliq munosabatlari yuzaga keladi.
10.Qo’shilgan qiymat solig’ini huquqiy asosini, eng avvalo, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil qiladi.
11.O’zbekiston respublikasi Soliq kodeksi soliq to’lovchilar va vakolatli
davlat idoralar o’rtasida yuzaga keluvchi soliq munosabatlarini tartibga soladi.
Soliq to’lovchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
12.Soliq kodeksi asosida qo’shilgan qiymat solig’ini undirishning mexanizmi
yaratilgan.
13.Qo’shilgan qiymat solig’i huquqiy asosini tashkil qiluvchi barcha
me’yoriy hujjatlar soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq
tizimining yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq
to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsiplariga mos kelishi zarur.
14.Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ektini tovarlarni realizatsiya
qilish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish oborotlari hamda respublika
hududiga qilingan import oboroti bilan belgilanadi.
15.Realizatsiya qilish oborti tovarlarni xaridorga sotishdan tashqari, tovarlar,
ishlarni va xizmatlarni boshqa yuridik shaxslarga bepul berish, xodimlarga ish haqi
hisobiga yoki muassisga dividendlar to’lash hisobiga berish, qarz beruvchiga
garov bilan ta’minlangan majburiyatlar hisobiga garov narsasini berish holatlarini
ham o’z ichiga oladi.
16.Soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan operatsiyalar amalga
oshirilishi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarida qo’shilgan qiymat solig’i
bo’yicha soliq majburiyati yuzaga keltirmaydi.
17.Importdan olinuvchi qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ekti
sifatida soliq solinadigan import e’tirof etiladi.
18.Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solinadigan bazasi realizatsiya
67
qilinayotgan tovarlarning ishlarning, xizmatlarning qiymati asosida aniqlanadi.
Soliq solish bazasi sifatida belgilangan tovarlarning realizatsiya qilish qiymatiga
qo’shilgan qiymat solig’i summasini kiritmaydi.
19.Tovarlar o’zlarining ishlab chiqarish tannarxidan yoki tovarlarni sotib
olish bahosidan past narxlarda realizatsiya qilinganda ularning tannarxi yoki xarid
qilib olingan qiymati soliq solish bazasi sifatida qabul qilinadi.
20.Import qilingan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza tovarlarning
bojxona qiymati, import qilishda to’lanishi lozim bo’lgan aktsiz solig’i summasi
hamda bojxona bojlarining summalari yig’indisidan shakllanadi.
21.Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha 4 toifadagi soliq imtiyozlari mavjud:
soliqdan ozod etiladigan tovarlarni realizatsiya qilish oboroti; soliqdan ozod
qilinadigan moliyaviy xizmatlar; soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari;
soliqdan ozod qilinadigan import.
22.Soliq imtiyozlari qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish bazasini
kamayishiga olib keladi.
23.Qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan baza va belgilangan stavka
asosida aniqlanadi.
24.Bugungi kunda, qo’shilgan qiymat solig’i 20% da va 0% da soliqqa
tortiladi.
25.Davlat byudetiga hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i va ilgari to’langan,
hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat soliqlari o’rtasidagi farq to’lanadi.
26.Tovarlarni sotib olishda to’langan qo’shilgan qiymat solig’i keyinchalik
mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilsa, qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga
to’lanadigan qismini aniqlashda hisobga olinadi.
27.Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq hisob-kitoblarini har-chorakda
taqdim qilishadilar. Soliq to’lovlarini ham har chorakda amalga oshiradilar.
28.Mikrofirma va kichik korxona toifasiga kirmagan korxonalar soliq
hisobotlarini oyma-oy taqdim qilishadilar.
29.Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish borasida xorij amaliyotidan
68
respublikamiz soliq tizimini rivojlantirishda foydalanish bugungi kunning talabi
hisoblanadi.
30.Yaponiya soliq tizimida mavjud bo’lgan iste’mol solig’i mohiyatan
qo’shilgan qiymat solig’iga o’xshaydi.
31.Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish borasidagi xorij amaliyotidan
foydalanishda respublikamiz shart-sharoitini inobatga olish zarur.
32. Yuqoridagilarga asoslanib, xulosa sifatida quyidagilar taklif qilinadi:
1.aholiga naqd pulga xizmat kursatuvchi, qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi
korxonalar tomonidan xizmat haqini to’liqligicha hisobga olinishi ustidan
nazoratni kuchaytirish zarur.
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205 moddasi, 3 qismini
quyidagicha qayta tahrir qilish taklif qilinadi: “tovarlar narxi o’zgarganda”.
3. qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan ushbu soliq imtiyozining
maqsadga muvofiq emasligi sababli, O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining
208-moddasida(“Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish oboroti”), 15 bandi 3-qismida belgilangan soliq imtiyozi:
“turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik
xizmatlar ko’rsatish uchun yo’llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan
barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari
turistik xizmatlar ko’rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat
ko’rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya
xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan
iborat bo’ladi”ni bekor qilish.
4. O’zbekiston respublikasi Soliq kodeksi 211 – moddasiga quyidagi
mazmunda qo’shimcha qilish: “ kichik biznesni tashkil qilish maqsadida,
tadbirkorlar tomonidan chetdan olib kiritiluvchi ishlab chiqarish texnalogiyalari va
uskunalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi”.
|