Soliqlarning turlari va vazifalari



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#189950
1   2   3
Kurs ishi mavzu “Soliqlarning turlari va vazifalari” Bajardi 1-fayllar.org

Xulosa





Foydalanilgan adabiyotlar



Mamlakatlar soliqlardan olingan daromad bo`yicha (YAIM ulushi sifatida ko`rsatilgan) 2017-yil ma`lumotlari

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to’laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish orqali investitsiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi. Davlat byudjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnktsiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.

Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo’lganligidan to’lovchilar va byudjet o’rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq to’lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud. Bu haqida ko’plab yirik iqtisodchilar va davlat arboblari o’z asarlarida ko’rsatib o’tgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq to’lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun etarli moliyaviy resurslar to`plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o’z ifodasini topadi. Aniqroq aytsak, bu yerda iqtisodiy munosabat, ya’ni pul munosabati mavjuddir.


Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida yuzaga keladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to’lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo`la olmaydi. Soliq munosabati bo`lish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat byudjetiga mablag to’plash jarayonini amalga oshiradi.

Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’ladi, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.


Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig’imlar majburiy bo’ladi, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo`yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab byergan Soliq Kodeksiing tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga - davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to’lov boshqa ixtiyoriy fondlar – “Iste’dod”, “Ekosan”, “Kamolot”, “Nuroniy” jamg`armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yuk, u to’lov davlat mulkiga tushmaydi. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi.
Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlarmavjud. Ilmiy asosi kancha chuqur bo’lsa soliqlarshuncha kat’iy va uzoq yillar o’zgarmasdan harakat kiladi yoki juda kamo’zgaradi. To’langan soliqlarmamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib keladi. “Soliqqa tortish tizimida eng muhimi – bunda soliqlarning ichki mohiyati mujassamlashganki, soliqlarni to’liq va samarali qaytarilish tamoyiliga amal qilishi kyerak. Faqatgina soliqlarning to’liq, manzilli va samarali qaytarilishligigina soliq mexanizmini ijtimoiy takror ishlab chiqarishning eng muhim bo’g’inlaridan biriga aylantiradi”.
Lekin, davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining shaxsan o’ziga to’liq kaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir. Masalan, soliq to’lovchi bu yili davlatning sog`likni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo’lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to’lovchilarning to`lagan soliq va yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni urnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali o’zlariga qaytib keladi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ko’rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to`lanadigan (to’lov) xaqdir. Soliqlar byudjetga va davlat pul fondlariga kelib tushadigan, majburiy haraktyerga ega bo’lgan pul to’lovi munosabatlaridir.
“Shuningdek, soliqlariq tisodiy kategoriya bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar bilan chambarchas bog’liqdir. Bozor iqtisodiyoti yerkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o’z tovariga yerkin bahobelgilashi, mahsulot etkazib byeruvchinitopishi va o’zi iste’molchini topib unga mahsulotni sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ularning bir qism daromadlarini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq qilib olish uchun Oliy majlisning qarori zarur, ya’ni qonun bilan olingan to’lov byudjetga o’tadi. yerkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham yerkin, ochiq, aniq bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi”
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig’imlar turlarining yig’indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta’rifda soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xaraktyerga ega bo’lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog’liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko’rsatadi. Bu O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yyerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo’l fondlari va boshqalarga) to’lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlarni o’z ichiga oladi.

Umumdavlat soliqlari:

1. Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq.
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.
3. Qo’shilgan qiymat solig’i.
4. Aktsiz solig’i.
5. Yer osti boyliklaridan foydalanish solig’i.
6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
7. Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlaridan yalpi daromad solig’i.
8. Bojxona boji.
9. Davlat boji.
10. Qimmatli qog’ozlarni ro`yxatdan o’tkazish yig’imi.
11. Boshqa daromadlar.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar:
1. Mol-mulk solig’i.
2. Yyer solig’i.
3. Yagona soliq.
4. Infratuzilmani rivojlantirish solig’i.
5. Jismoniy shaxslarning transport yoqilg’isi uchun iste’mol solig’i.
6. Jismoniy shaxslar chetdan tovarlar olib kelganligi uchun yagona bojxona to’lovi.
7. Savdo huquq yig’imi, shu jumladan alohida tovarlarni turlarini sotish litsenziya yig’imi.
8. Ishbilarmonlik bilan shug’ullanuvchi huquqiy hamda jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o’tkazish yig’imi.
9. Boshqa to’lovlar.
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab to’rt guruhga bo`linadi:

-oborotdan olinadigan soliqlar;


-daromaddan olinadigan soliqlar;
-mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
-yyer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Daromad solig`i bo`yicha Yevropa davlatlari. 2017-yil ma`lumotlari
Oborotdan olinadigan soliqlar ga qo`shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona va yer osti boyliklari qiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan ulchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi.


Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo’jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bo`linadi. To’g’ri soliqlarni bevosita soliq to’lovchilarning o’zi to`laydi, ya’ni soliqni huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To’gri soliq yukini boshqalarga ortish holati bu yerda bo’lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to`lanadigan va barcha mulk soliqlar kiradi. To’gri soliqlardan to’gridan-to’gri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko`paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari to’gridan-to’gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langandir”

Egri soliqlar ni huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko’rsatuvchilardir). Lekin soliq og’irligini haqiqatdan ham byudjetga to’lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to’lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p bo’lishiga yordam byeradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’gridan to’gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va byudjetga to’lovlari kamayishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadini pasaytiradi.


Korxonalarda to’gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’prok mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jaxon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan. AQSHda to’g’ri soliqlar salmog’ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo’lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan darak byeradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aktsiz solig’i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to’gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi. Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo`linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kyerak.
Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy ximoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmokli bo’lishi shart.
QQS, aktsiz solihi, yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma yetmasa subventsiya yoki subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy byudjetlarning o’z manbalari (soliqlari) ko`payib qolsa, respublika soliqlardan ajratma berishning xojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo’ladi, byudjetga tulanishi lozim bo’lgan to’lovlardir.
Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga yaqin bo’lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog’likni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlarva yig’imlar ularning byudjet Harajatlarining 30-40 foizini koplaydi, holos. Keyingi vaktlarda mahalliy byudjetlar daromadlari salmog’ini 50-60 foizga etkazish kabi hukumat karorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar daromadlarini kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o’z daromad manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy hukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo’l qhyish zhtimoli bor.
Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu xududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar byerilmaydi. Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani echishda ilgari ko’rsatganimizdek xududdan respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig’i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma byermasdan turib subventsiya (maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o’z xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o’z xududlaridagi soliqlar to’liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg’amlik kayfiyatini kuchaytiradi. Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat byudjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajadamos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda amalga оshirilayotgan iqtisоdiyotni rivоjlantirish va mоdеrnizatsiya qilishni rag’batlantirish, xo’jalik sub’еktlari va ahоli uchun sоliq yukini izchil ravishda kamaytirish, kichik biznеs va xususiy tadbirkоrlikni qo’llab-quvvatlash, invеstitsiya va ishbilarmоnlik muhitini yaxshilashga qaratilgan siyosat yuqоri makrоiqtisоdiy ko’rsatkichlarga yerishish hamda davlat byudjеtining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qilmоqda.

Hоzirgi vaqtda davlat byudjеti paramеtrlari bo’yicha davlat byudjеti darоmadlarining shakllanishida sоliqlarning ulushi 94 fоizni tashkil qilmоqda. Bunday ko’rsatkichlar o’z navbatida sоliq tushumlarining byudjеtlararо taqsimlanishida samarali mеxanizmning amal qilishini taqоzо etadi. Nеgaki, agar biz sоliq tushumlarini ko’paytiramiz dеgan hоlda, asоslanmagan sоliq turlarini jоriy etsak, sоliq stavkalarini оshirib bоrsak, tеskari natijaga yerishishimiz mumkin. Shuning uchun ham, sоliq to’lоvchilarning imkоniyatlaridan kеlib chiqib, ularga turlicha imtiyozlar va prеfеrеntsiyalar bеrishni davоm ettirish, ayniqsa, mahalliylashtirish dasturi bo’yicha hamda maxsus industrial zоnalarda ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga qo’shimcha qulayliklar yaratib bеrishni davоm ettirish оrqali davlat byudjеtining darоmadlarini shakllantirishda ulkan ijоbiy natijalarga yerishishimiz mumkin bo’ladi.


Hоzirgi sharоitda byudjеt darоmadlari prоgnоz ko’rsatkichlari bo’yicha tushum va xarajatlar o’rtasidagi vujudga kеladigan kassaviy tafоvutni bоshqarishda byudjеt ssudalaridan kеng fоydalanilib, rеjalashtirilgan kassaviy tafоvutlar uchun ajratiladigan byudjеt ssudalari bilan birga rеjalashtirilmagan kassaviy tafоvutlar uchun ham byudjеt ssudalari umumiy byudjеt ijrоsi davоmidagi tartibga sоlish tizimida sеzilarli salmоqni tashkil etmоqda. Albatta, byudjеt ijrоsi davоmidagi vujuga kеladigan ushbu muammо ko’p hоllarda rеjalashtirilgan sоliq tushumlarini o’z vaqtida byudjеtga undirilmasligi bilan bоg’liq.
Shuningdеk, byudjеtni rеjalashtirish tizimida darоmadlarni kvartallar va оylar kеsimida tushumining prоgnоz ko’rsatkichlarini aniqlash tizimiga ham bоg’liqdir. Dеmak, davlat byudjеti darоmadlarining rеja ko’rsatkichlarini bajarilishi, uning kvartallar va оylar kеsimidagi tushumlari samaradоrligi, darоmad tushumlari va xarajatlar o’rtasidagi kassaviy tafоvut o’z navbatida amaldagi byudjеtni rеjalashtirish tizimiga bеvоsita bоg’liqdir.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali yerishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat – fiskal ekspansiya olib boriladi. Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat – fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi.
Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.



Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin