Ishni yakunlash va uyga vazifa berish: Hamma bajarilayotgan vazifalarni to’g’ri borayotganiga ishonch hosil qilinsa ular ishni yakunlashadi. Lekin ba’zida bolalar vazifani noto’g’ri olib borishi mumkin unday hollarda hammani to’xtatib qo’yib qaytadan tushuntirishi mumkin yoki unga individual yordam berish lozim.
Dars so’ngida reja asosida uyga vazifa beriladi
Sana: 3-Mavzu:Akvareldagi ranglarni o`rganish Mashg’ulotning maqsad va vazifalari: O’quvchilarga tasviriy san’at turlari va naturaning xarakterli jihatlarini ko’rishni o’rgatish O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tartib – Intizomga doimo rioya etishga, yangi bilimlar egallashga yo’naltirish;naturaning xarakterli jihatlarini ko‘rish, tahlil qilish va qmaliy ishda ifodalash ko’nikmasini hosil qilish TK-1: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.
TK-3: bilimni mustaqil ravishda oshirib borish;o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.
FK-1: amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi;
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari: Mashg’ulot metodi:mustaqil o’qish, suhbat, savol – javob,amaliy Mashg’ulot turi:yangi bilim beruvchi Mashg’ulotning jihozi: a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari va boshqalarning asarlaridan ba’zilari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan ko’rgazmali suratlar, foto rasmlar, slaydlar,naturalar va boshqalar
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, rangli qalamlar,o’chirg’ich, akvarel bo’yog’I,suv idish,toza latta va boshqalar
Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning mashg’ulotga psixologik tayyorgarligi va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Oldingi mashg’ulotda bajarib kelgan o’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqib baholaymiz. Shu o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar berib mashg’ulotni mustahkamlash bo’ladi. Yangi mashg’ulot. Amaliy ish