So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi



Yüklə 246,42 Kb.
səhifə1/14
tarix13.12.2023
ölçüsü246,42 Kb.
#175197
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11 TA REFERAT




REFERAT
MAVZU: __________________________
_________________________________
BAJARDI: __________________

Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.


Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
1. “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” 5-maqsadini amalga oshirish uchun ish yuritishni taʼminlash va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
2022 yilda Institutning ichki hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga o‘tkazish jarayonining ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Institutning 145 ta ichki meʼyoriy hujjatlari lotin alifbosi asosida davlat tiliga tarjima qilindi;
Institut xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning may oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Institutning 2 ta xodimi o‘qitilishi rejalashtirilgan;
lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga tarjima qilingan xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va bo‘lim Nizomlarini rasmiy ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.
2. “Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish” 10-maqsadini amalga oshirish uchun Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
2022 yil I yarim yillikda ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limining samarali ish yuritishi va Bo‘lim ishini amaldagi meʼyoriy hujjat talablari asosida tashkil etish uchun Institutning ichki meʼyoriy hujjatlarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlatish jarayonini yakunlash rejalashtirilgan.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
25.10.2021 yilda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Departamenti bilan kelishilgan Institutning yangi tarkibiy tuzilmasiga asosan Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi. Bo‘lim amaldagi meʼyoriy hujjat talablari asosida tashkil etilgan;
bo‘limga tanlov asosida mutaxassis ishga qabul qilindi, nomzod O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishildi;
bo‘limning samarali faoliyat yuritishi uchun Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek bo‘lim bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi tasdiqlandi.
Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlarni shakillantirish ishlari yakunlanmoqda.
2022-yil – «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»ga bag‘ishlangan “Davlat dasturi: barqaror taraqqiyot sari muhim qadam” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni yuzaga chiqarish, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar muhokamasi yuzasidan olimlar va yoshlarning ilmiy yangiliklarini nashr qilish orqali keng ilmiy jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.
Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularning ijtimoiy ximoya qilishdir.
Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misolidir.
Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini ximoya qilish, kuchli ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topmoqda.
Jumladan davlatimiz raxbari tashshabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirlikligi tashkil etildi. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida muntazam ishlar olib borilmoqda.
Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirilib mamlakatimiz axolisi, eng avvalo, yosh oilalar, uy-joyga extiyoji bor fuqoralarni yashash sharoitini yaxshilash maqsadida imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratilib shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurilib topshirilmoqda.
Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.
Davlatimiz raxbari tomonidan 2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi mamlakatimizda ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib borishi va inson manfaati va qadri ustuvor ekanligining dalolatidir.



Yüklə 246,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin