Hindistonlik talabalarning mamlakatimiz tibbiy taʼlim muassasalarida tahsil olishayotgani respublikamizdagi taʼlim sifati ilg‘or davlatlar taʼlim andozalari darajasiga mos ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston tibbiy taʼlim muassasalari xorijiy dalatlar bilan hamkorlikni tobora kengaytirish borasida samarali ishlarni olib borayotgani sog‘liqni saqlash sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda taʼlim darajasi nufuzining yana-da yuksalishiga zamin yaratmoqda.

Bu boradagi ishlarning uzviy davomi sifatida joriy yil 16-fevral kuni Hindistonning «Neo Institute of Medical Science and Technology» kompaniyasi bilan hamkorlikda Telangana shtatining Haydarobod shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasining rasmiy vakolatxonasi ochildi. Uning ochilishi marosimida Toshkent Tibbiyot akademiyasi rektori professor A.Shodmonov, akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M.Jafarov, mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi vakillari, «Neo Institute of Medical Science and Technology» kompaniyasi rahbari Divya Raj, hindistonlik talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.