Marosim chog‘ida mehmonlarga Toshkent tibbiyot akademiyasining faoliyati, taʼlim sohasidagi innovatsiyalar, erishilayotgan muvaffaqiyatlar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar o‘rtoqlashildi. Yangi ochilgan vakolatxona sog‘liqni saqlash, tibbiy taʼlim, taʼlim muassasalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va boshqa sohalarda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xorijiy jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish hamda hindistonlik yoshlarni Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishga jalb etish, akademiya va Hindistonning yetakchi shifoxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Hindistonning tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va ularni akademiya faoliyatida tadbiq qilish kabi vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.

Hindiston va O`zbekiston ayurveda sohasida yaqin hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarga ega, - deydi Ishan ayurveda tibbiyot kolleji va tadqiqot markazi bosh ijrochi direktori Dipak Garg. – Biz ilg`or bilim, tajriba, innovasiya va texnologiyalarni o`zaro almashishimiz mumkin. O`zbekistonga safar qilish, Hindistonga o`zbek hamkasblarimizni taklif qilishga tayyormiz. Bu esa munosabatlarimizni yangi darajaga ko`tarishga xizmat qiladi.