So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 5-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON



Yüklə 470,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.10.2023
ölçüsü470,04 Kb.
#155039
1   2   3
Gulnoza Teshayeva

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 
15 
Yosh adabiyotshunos Anvar Allamberganovning “O„zbek nasrida Abu Rayhon Beruniy 
obrazining yoritilishi” maqolasida milliy adabiyotimizda buyuk ajdodlarimiz, mutafakkir 
olimlar qanday akslantirilmoqda, qaysi ijodkorlar o„z asarlarida tarixiy voqelikka, tarixiy 
shaxslar hayotiga murojaat qildilar kabi masalalar qo‟yilgan va bular turli asarlarni tahlilga 
tortish orqali ochib berishga harakat qilingan. Umuman olganda, maqola o„zbek nasrida 
yaratilgan Abu Rayhon Beruniy obrazining umumiy tahlillariga bag‟ishlanadi. Adabiyotshunos 
Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar”, Pirmat Shermuhammedovning “Dahoning 
tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati” qissalari, Odil Yoqubovning “Ko„hna dunyo”, 
Qurbon Muhammadrizoning “Omonat tuhfa”, “Sinov sahnasi” romanlarini, aynan Beruniy 
obrazi bosh obraz qilib olinmagan bo„lsa-da, Maqsud Qoriyevning “Ibn Sino” va 
“G„aznaviylar” romanlaridagi ma‟lum boblarni tahlil qilish orqali buyuk qomusiy olim 
obrazlarining qay darajada mahorat bilan yaratilganliklari va tarixiy fakt va manbalardan 
unumli foydalanganliklarini qiyosiy-tipologik va qiyosiy- tarixiy metodlar orqali ochib beradi. 
Parallel maqola sifatida tahlilga tortayotgan maqolamiz quyidagi xususiyatlarga ega.
A.Allamberganov maqolada Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar” va Pirmat 
Shermatning “Dahoning tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati” qissalarining o„xshash 
va farqli jihatlarini tahlil qiladi. Muallif har ikkala qissaning mushtarak jihatlari sifatida har 
ikkala asarning bir xil janrda, ya‟ni epik turning qissa janrida yozilganligi va qissalarda bir 
tarixiy davr va bir tarixiy shaxsga murojaat qilinganligini ko„rsatib o„tadi. Asarlarning farqli 
tomonlari sifatida quyidagi fikrlarni keltiradi: Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar” 
qisasida: 

voqelikni ixcham bayon qilingan; 

qahramonlarning ichki monologlari va dialoglaridan kam foydalanilgan; 

allomaning shaxsiy hayoti bilan bog„liq bo„lgan jihatlar kam urg„ulangan; 

olim hayotining so„nggiga qadar bo„lgan voqealar aks ettirilmagan. 
Pirmat Shermuhammedovning “Dahoning tug„ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy 
qismati”da esa: 
-voqelik batafsil bayon qilingan
-
epigraf va iqtiboslarga keng o„rin ajratilgan; 
-
alloma asarlarining yozilish tarixi, jarayoni, undan parchalar keltirib o„tilgan; 
-
tarixdan ma‟lum Ibn Sino bilan savol-javoblarning bugungi kungacha yetib kelgan 
qismlari aynan keltirilgan; 
-
tarixiy shaxs obrazini to„laqonli ochib berishga harakat qilgan holda ichki 
monologlardan foydalanilgan; 
-
Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub she‟rlar aynan keltirilgan; 
-
Beruniyning insoniylik qiyofasini namoyon qilishda to„qima obrazlardan unumli 
foydalanilgan.
4
yog„dusi”, 2017
;
Qoriyev M. Ibn Sino. – Toshkent: “Sharq”, 1995; Qoriyev M. G„aznaviylar. – Toshkent: “Yangi 
nashr”,2019. 
4
Allamberganov A. Gullayotgan chechaklar. – Toshkent: “Adabiyot”, 2020. –B.-75-76. 



Yüklə 470,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin