So'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati
Kirish.
1.So'ngi soat nazariyasi
2.
Qiymat va daromad nazariyasi
3.Iqtisodiyot nazariyasi
Xulosa.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
Kirish
Klassik maktab g'oyalarini boyitishga Angllyada N . Senior,
Fransiyada F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy
maktab namoyanda1ari katta hissa qO'shdilar. Bu1ar ichida
N.Senior alohida o'rin egallaydi. Nassau Vdyam Senior (1790-
1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy
iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so'nggi soat»
nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo'ldi. N.Senior
g'oyalari «Siyosiy iqtisod rani ocherklari» (1836) va «Fabrika
qonunchiligi to'g'risidagi xatlar»da bayon etilgan. U o'zining
qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb
hisob1aydi va qiymat ta1ab bilan taklifga bog'liqligini aytadi.
U mehnat (is
hchilarning «qurboni») bilan bir qatorda
kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbayi deb
e'lon qiladi.
G.Ch. Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi
chiqib, AQSH kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari
«Manfaatlar uyg'unllgi» (1872) kitobidir. G.Kerining
qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardoning
ta'limoti va Maltus aqidalarini rad qildi. G .Kerining
metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan
obyektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish
bilan xarakterlanadi. G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni
ta'riflab berishga intildi. U qiymatni insonning tabiatga
hukmronligi o'lchovi, predmetga ega bo'lish uchun bartaraf
qilish zamr bo'lgan qarshi harakat deb ta'rif berdi.
1.So'ngi soat nazariyasi
Tiyilish" nazariyasi.Bu nazariyada N.Senior kapitalni
kapitalistning berayotgan "qurboni" deb hisobladi. Uning
ta'kidlashicha kapitalist oz kapitalini ishlab chiqarish sohasiga
qoyganda (investitsiya) ozining shaxsiy iste'molidan goyo
ma'lum davr "tiyilib" turadi, mehnat esa oz navbatida
ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan "qurboni" deb
qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va
ishchi bergan tegishli "qurbonlar" uchun bab-baravar
mukofot emish. N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti
bilan belgilashiga qarshi chiqadi,uningcha foyda
kapitalistning "mehnati"dan, foiz esa uning sabr-qanoatidan
hosil bolishini kashf qildi.
N.Seniorning yana bir "kashfiyoti" uning "songgi soat"
nazariyasidir. Sanoat tontarilishi va mashinalarning kirib
kelishiga qaramasdan, ishchilarning ish soatlari nihoyatda
yuqori bolib, shu sababli XIX-asrning 30 yillarida Angliyada 10
soatlik ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa
osha davrda mavjud bolgan 11.5 soatlik ish kunini
qisqartirishning "ilojsizligini" nazariy jihatdan asoslashga
urinib,shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan kapitalning
qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina
foyda yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10
soatgacha qisqartirish foydaning yoq bolib ketishiga, bu bilan
birga esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga har qanday
qiziqishning yoq bolib ketishiga olib borgan bolar edi, deb
da'vo qildi.Bu bilan u sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya
qiladi.XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro
ishbilarmonlar orasida F.Bastianing (1801-1850) nomi va
uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz
ishbilarmoni oilasida tugildi. Bastiya 40-yillari bir qancha
pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga
proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar
manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik goyalarga qarshi
bolgan qarashlarni faol targib etdi. Bu pamfletlar goyasi
mazmun jihatdan original bolmasada, yorqin yozilish shakli
bilan ajralib turadi. F.Bastianing eng asosiy goyasi
jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning mavjudligini inkor
etishdir. Uningcha, osha davrdagi jamiyat dunyodagi "eng
gozal, mukammal, mustahkam butunjahon assotsia-
siyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uygunlashgandir".
F.Bastia 1850 yilda "Iqtisodiy garmoniyalar" kitobini chop
etdi. Unda u garmoniya (uygunlik)ning asosini almashuv va
sof, hech narsa bilan cheklanmagan raqobatda koradi.
F.Bastia oz goyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan
bolib, xizmatlar nazariyasi bunga mos keladi, ya'ni almashuv,
xarid - savdo ozaro teng "xizmatlar"ni almashish demakdir.
Sey boyicha bu "xizmatlar" nafaqat odamlar, balki buyumlar
va tabiat kuchlari tomonidan korsatilsa ham, Bastia jamiyat
hayotining qanday sohasida bolmasin, faqat shaxsiy
xizmatlarni ustun qoyadi. "Xizmat" deganda ishlab chiqarish
davomida real mehnat sarfinigina emas, balki shu xizmatdan
foyda keltiruvchi har qanday harakat, faoliyat va kuch
tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bolib qoladiki, qimmat
yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki
kapitalist va yer egalari ham katta "xizmat" korsatadilar.
Kapitalistning "xizmati" unga foiz olish imkoniyatini berishini
F.Bastia shunday koradiki, kapitalist kapitalni avans yoki
ssuda tarzida sarflab, iste'molni orqaga suradi va uni
kapitalistning "qurboni" deb hisoblaydi. Bu yuqorida biz
keltirgan Seniorning tiyilish nazariyasining ozidir. "Tiyilish"
sozi orniga "orqaga uygunlik, ya'ni garmoniyani yanada
tolaroq isbotlash maqsadida Bastia ozining kapital
jamg`arilishi "qonuni"ni yaratdi va unda Rikardoning foyda
va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi togrisidagi
ta'limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu
"qonuni"ga kora, mehnat va kapital manfaatlari oliy darajada
hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining
maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto
ishchilarning hissasi kapitalistlarnikidan tezroq osar ekan,
demak, oqibatda kapitalistning foydasi nisbatan kamayadi. U
bu fikrni isbotlashga urinib ham otirmaydi. Uningcha foyda
normasi va kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi
masalalarini qorishtirib yuborgan. Foyda normasining
pasayib borish tendensiyasi ishchilarni ekspluatatsiya
qilishning kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak
kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi ham oshib
borishini kutish mumkin. F.Bastia ozining bu nazariyasi
yordamida kapitalistlar va yer egalari ortasidagi qarama-
qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer egasining yoki
uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday
qilib kapital va yer egaligi ortasidagi uygunlik shu bilan hal
etiladiki, yer rentasi yerga qoyilgan kapital foizining bir
korinishiga aylantiriladi. Bunday izohlash yer rentasining
iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini inkor etadi, uning
foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan
yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos
kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi boyicha osha davrdagi burjua
jamiyati turli sinflar ortasidagi oz xizmatlari bilan almashib
turuvchi "uygunlashgan hamkorlik" jamiyati tarzida
namoyon boladi. Iqtisodiy erkinlik bu xizmatlar
almashuvining ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki
bu erkinlik nomutanosib harakatlarning oldini oladi.
Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan
almashtirish esa sotsialistlarning jamiyatni mukammalroq
iqtisodiy jamiyatga aylantirish togrisidagi chaqiriqlariga
qarama-qarshi qoyiladi.1775-85 yillardagi mustaqillik uchun
Shimoliy Amerika va Angliya ortasidagi kurashda qozonilgan
galaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. Hokimiyat
tepasiga yangi sinf - burjuaziya otirdi. AQSH burjuaziyasi
ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi
hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz
siyosiy iqtisodiga zid ravishda oz siyosiy iqtisodini yaratishga
tayyor edi. Biroq AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda
vujudga kelmadi. Buning sababi shuki, XIX asrning 20-30
yillarida AQSHda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi
ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez osishiga olib
keldi.Ayni vaqtda ish tashlashlar bolib turdi. Siyosiy
kurashning keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin
yaratdi. Bundan tashqari klassik siyosiy iqtisod AQSHda
qulchilikning saqlanib qolishini tanqid qilar edi. Shu sababli
AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik
maktabga qarshi chiqdi. Bu goyalar Genri Charl'z Keri (1793-
1879) tadqiqotlarida oz aksini topdi. Yirik noshirning ogli
bolgan G.Keri kommersiya sohasida katta yutuqlarga erishdi.
Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy
tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi
edi.1837-40 yillarda uning "Siyosiy iqtisod prinsiplari" va
1857-59 yil-larda "Ijtimoiy fanlarning asoslari" nomli asarlari
chop etildi. Bu asarning qisqacha varianti 1865 yilda "Ijtimoiy
fanlar uchun qollanma" nomi bilan chop etildi. Yuqorida
eslangan F.Bastia shu amerikalik olimdan ilhomlandi.
G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari "Manfaatlar
uyg`unligi" (1872) kitobidir. G.Kerining qarashlari Angliyaga
qarshi ruhda edi. U Rikardon-
ing ta'limoti va Maltus
aqidalarini rad qildi.G.Kerining metodologiyasi subyektiv
idealizm va mexanitsizm bilan obyektiv iqtisodiy qonunlarni
tabiat qonunlariga almashtirish bilan xarakterlanadi. G.Keri
hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta'riflab berishga intildi. U
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi olchovi deb,
predmetga ega bolish uchun bartaraf qilish zarur bolgan
qarshi harakat deb ta'rif berdi. U narxni predmetning ozini
ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi.
Kapital odamlarning tabiat kuchlarini boshqarish
imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol
deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini
tanqid qilib, uni yalpi kurash nazariyasi (ya'ni Rikardo shu
nazariya yoli bilan goyo sinflar ortasida urushni avj oldirdi),
deb hisobladi va Rikardoni "kommunizm otasi" deb,unga
xuruj qildi.G.Kerining ozi esa rentani yer egalarining mehnati
uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan aynan bir narsa
deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta'limotida burjua
jamiyatida "barcha chin va haqiqiy manfaatlarining tola-tokis
uygunligi" mavjudligini isbotlamoqchi boldi. U taqsimot
qonunini oz nazariyasiga asos qilib oldi. G.Keri proletariat
bilan burjuaziya manfaatlarining bir xilligini goyo kapitalistik
jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan
kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin
kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi boldi. G.Keri
kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy kopayishi va
ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib,
ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika
taraqqiyoti bilan bogliq.XIX asrda Kerining qarashlari, uning
antagonistik jamiyatdagi manfaatlar uygunligi nazariyasi
kopchilikka ma'lum bolib, burjuaziya siyosiy iqtisodini
Gegellashtirishga katta ta'sir korsatdi. "Manfaatlar uygunligi"
nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy
iqtisodi qaytadan tiklamoqda. G.Keri yuqorida biz bayon
etgan kapitalistik munosabatlarning bekamu kostligi, sinfiy
manfaatlarning hamohangligi va boshqa "uygunliklar"
togrisida kop yozdi. Lekin uning goyalari Bastiadan biroz farq
qiladi. Keri qullikni qolladi (bu davrda AQSHning janubida
hali qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati
ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida
sanoati pastligi tufayli unga muhtoj edi, chunki Angliya
sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bolgan.Shular
tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo)
siyosati togri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua
jamiyatidagi sinflar ortasidagi manfaatlarning qarama-qarshi
ekanligi kopchilikka ma'qul bolmay qoldi. Kerining fikricha
Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bolib, millat, sinf,
ijtimoiy guruhlar ortasida urush keltirib chiqaradi. Vaholanki,
bu guruhlar ortasida bekamu kost uygunlik mavjud
emish.Kerining "Manfaatlar uygunligi nazariyasi" asosida
uning "taqsimot qonuni" yotadi, unga kora mehnat
unumdorligining osishi bilan ish-chilar hissasi absolut va
nisbiy jihatdan ussa, kapitalistlarniki esa aksincha pasayadi
(tanish gaplar). Shunday yol bilan mehnat va kapital
ortasidagi antagonizm yoq qilinadi. Bunda yaxshi ma'lum
tezis - unumli kapital goyasidan foydalaniladi (unga kora
tadbirkor qonuniy foyda olishi kerak). G.Kerining goyasi
boyicha tovarning qiymati uni ishlab chiqar-ishga ketgan
amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma'lum sharoitda
sarflangan ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi (bu
fikr ham ilgari eslangan).
2. Qiymat va daromad nazariyasi
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari
bo'yicha ham o'z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat,
daromad, foyda va realizasiya bo'yicha g'oyalari diqqatga
sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning
g'oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi.
Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan
mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g'oyasining «yangiligi» shu
«qimmat o'lchovi»ni izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni
sotib olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga
ketgan mehnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi
mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan
iborat bo'lib, bu ko'rsatkich tirik va jonsiz mehnat plyus
avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda
qiymatning hosil bo'lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala
sohasiga ko'chiriladi, iste'mol qiymati esa almashuv qiymati
bilan qorishtirib yuboriladi.
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o'ziga xos yo'l bilan talqin
etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo'lidagi iqtisodiy
kurashi o'rinsizligini iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo'ladi.
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi
o'rtasidagi qarama- qarshilikni rad etib, er rentasini tanqid
qilgan edi. U Rikardoning renta to'g'risidagi nazariyasini
davom ettirib, er rentasining davlat tomonidan qo'shib
olinishi, ya'ni haqiqatda erni milliylashtirish (nasionalizasiya)
qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill
o'zining
Dostları ilə paylaş: |