So'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati



Yüklə 81,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü81,63 Kb.
#174466
  1   2
So\'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati



So'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati 
Kirish. 
1.So'ngi soat nazariyasi
2.
Qiymat va daromad nazariyasi 
3.Iqtisodiyot nazariyasi
Xulosa. 
Foydalanilgan Adabiyotlar. 


Kirish 
Klassik maktab g'oyalarini boyitishga Angllyada N . Senior, 
Fransiyada F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy 
maktab namoyanda1ari katta hissa qO'shdilar. Bu1ar ichida 
N.Senior alohida o'rin egallaydi. Nassau Vdyam Senior (1790-
1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy 
iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so'nggi soat» 
nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo'ldi. N.Senior 
g'oyalari «Siyosiy iqtisod rani ocherklari» (1836) va «Fabrika 
qonunchiligi to'g'risidagi xatlar»da bayon etilgan. U o'zining 
qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb 
hisob1aydi va qiymat ta1ab bilan taklifga bog'liqligini aytadi. 
U mehnat (is
hchilarning «qurboni») bilan bir qatorda 
kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbayi deb 
e'lon qiladi.
G.Ch. Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi 
chiqib, AQSH kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari 
«Manfaatlar uyg'unllgi» (1872) kitobidir. G.Kerining 
qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardoning 
ta'limoti va Maltus aqidalarini rad qildi. G .Kerining 
metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan 
obyektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish 
bilan xarakterlanadi. G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni 
ta'riflab berishga intildi. U qiymatni insonning tabiatga 
hukmronligi o'lchovi, predmetga ega bo'lish uchun bartaraf 
qilish zamr bo'lgan qarshi harakat deb ta'rif berdi. 


1.So'ngi soat nazariyasi
Tiyilish" nazariyasi.Bu nazariyada N.Senior kapitalni 
kapitalistning berayotgan "qurboni" deb hisobladi. Uning 
ta'kidlashicha kapitalist oz kapitalini ishlab chiqarish sohasiga 
qoyganda (investitsiya) ozining shaxsiy iste'molidan goyo 
ma'lum davr "tiyilib" turadi, mehnat esa oz navbatida 
ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan "qurboni" deb 
qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va 
ishchi bergan tegishli "qurbonlar" uchun bab-baravar 
mukofot emish. N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti 
bilan belgilashiga qarshi chiqadi,uningcha foyda 
kapitalistning "mehnati"dan, foiz esa uning sabr-qanoatidan 
hosil bolishini kashf qildi.
N.Seniorning yana bir "kashfiyoti" uning "songgi soat"
nazariyasidir. Sanoat tontarilishi va mashinalarning kirib 
kelishiga qaramasdan, ishchilarning ish soatlari nihoyatda 
yuqori bolib, shu sababli XIX-asrning 30 yillarida Angliyada 10 
soatlik ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa 
osha davrda mavjud bolgan 11.5 soatlik ish kunini 
qisqartirishning "ilojsizligini" nazariy jihatdan asoslashga 
urinib,shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan kapitalning 
qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina 
foyda yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 
soatgacha qisqartirish foydaning yoq bolib ketishiga, bu bilan 
birga esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga har qanday 
qiziqishning yoq bolib ketishiga olib borgan bolar edi, deb 


da'vo qildi.Bu bilan u sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya 
qiladi.XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro 
ishbilarmonlar orasida F.Bastianing (1801-1850) nomi va 
uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz 
ishbilarmoni oilasida tugildi. Bastiya 40-yillari bir qancha 
pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga 
proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar 
manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik goyalarga qarshi 
bolgan qarashlarni faol targib etdi. Bu pamfletlar goyasi 
mazmun jihatdan original bolmasada, yorqin yozilish shakli 
bilan ajralib turadi. F.Bastianing eng asosiy goyasi 
jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning mavjudligini inkor 
etishdir. Uningcha, osha davrdagi jamiyat dunyodagi "eng 
gozal, mukammal, mustahkam butunjahon assotsia-
siyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uygunlashgandir". 
F.Bastia 1850 yilda "Iqtisodiy garmoniyalar" kitobini chop 
etdi. Unda u garmoniya (uygunlik)ning asosini almashuv va 
sof, hech narsa bilan cheklanmagan raqobatda koradi. 
F.Bastia oz goyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan 
bolib, xizmatlar nazariyasi bunga mos keladi, ya'ni almashuv, 
xarid - savdo ozaro teng "xizmatlar"ni almashish demakdir. 
Sey boyicha bu "xizmatlar" nafaqat odamlar, balki buyumlar 
va tabiat kuchlari tomonidan korsatilsa ham, Bastia jamiyat 
hayotining qanday sohasida bolmasin, faqat shaxsiy 
xizmatlarni ustun qoyadi. "Xizmat" deganda ishlab chiqarish 
davomida real mehnat sarfinigina emas, balki shu xizmatdan 
foyda keltiruvchi har qanday harakat, faoliyat va kuch 


tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bolib qoladiki, qimmat 
yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki 
kapitalist va yer egalari ham katta "xizmat" korsatadilar. 
Kapitalistning "xizmati" unga foiz olish imkoniyatini berishini 
F.Bastia shunday koradiki, kapitalist kapitalni avans yoki 
ssuda tarzida sarflab, iste'molni orqaga suradi va uni 
kapitalistning "qurboni" deb hisoblaydi. Bu yuqorida biz 
keltirgan Seniorning tiyilish nazariyasining ozidir. "Tiyilish" 
sozi orniga "orqaga uygunlik, ya'ni garmoniyani yanada 
tolaroq isbotlash maqsadida Bastia ozining kapital 
jamg`arilishi "qonuni"ni yaratdi va unda Rikardoning foyda 
va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi togrisidagi 
ta'limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu 
"qonuni"ga kora, mehnat va kapital manfaatlari oliy darajada 
hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining 
maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto 
ishchilarning hissasi kapitalistlarnikidan tezroq osar ekan
demak, oqibatda kapitalistning foydasi nisbatan kamayadi. U 
bu fikrni isbotlashga urinib ham otirmaydi. Uningcha foyda 
normasi va kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi 
masalalarini qorishtirib yuborgan. Foyda normasining 
pasayib borish tendensiyasi ishchilarni ekspluatatsiya 
qilishning kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak 
kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi ham oshib 
borishini kutish mumkin. F.Bastia ozining bu nazariyasi 
yordamida kapitalistlar va yer egalari ortasidagi qarama-
qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer egasining yoki 


uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash 
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday 
qilib kapital va yer egaligi ortasidagi uygunlik shu bilan hal 
etiladiki, yer rentasi yerga qoyilgan kapital foizining bir 
korinishiga aylantiriladi. Bunday izohlash yer rentasining 
iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini inkor etadi, uning 
foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan 
yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos 
kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi boyicha osha davrdagi burjua 
jamiyati turli sinflar ortasidagi oz xizmatlari bilan almashib 
turuvchi "uygunlashgan hamkorlik" jamiyati tarzida 
namoyon boladi. Iqtisodiy erkinlik bu xizmatlar 
almashuvining ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki 
bu erkinlik nomutanosib harakatlarning oldini oladi. 
Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan 
almashtirish esa sotsialistlarning jamiyatni mukammalroq 
iqtisodiy jamiyatga aylantirish togrisidagi chaqiriqlariga 
qarama-qarshi qoyiladi.1775-85 yillardagi mustaqillik uchun 
Shimoliy Amerika va Angliya ortasidagi kurashda qozonilgan 
galaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. Hokimiyat 
tepasiga yangi sinf - burjuaziya otirdi. AQSH burjuaziyasi 
ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi 
hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz 
siyosiy iqtisodiga zid ravishda oz siyosiy iqtisodini yaratishga 
tayyor edi. Biroq AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda 
vujudga kelmadi. Buning sababi shuki, XIX asrning 20-30 


yillarida AQSHda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi 
ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez osishiga olib 
keldi.Ayni vaqtda ish tashlashlar bolib turdi. Siyosiy 
kurashning keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin 
yaratdi. Bundan tashqari klassik siyosiy iqtisod AQSHda 
qulchilikning saqlanib qolishini tanqid qilar edi. Shu sababli 
AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik 
maktabga qarshi chiqdi. Bu goyalar Genri Charl'z Keri (1793-
1879) tadqiqotlarida oz aksini topdi. Yirik noshirning ogli 
bolgan G.Keri kommersiya sohasida katta yutuqlarga erishdi. 
Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy 
tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi 
edi.1837-40 yillarda uning "Siyosiy iqtisod prinsiplari" va 
1857-59 yil-larda "Ijtimoiy fanlarning asoslari" nomli asarlari 
chop etildi. Bu asarning qisqacha varianti 1865 yilda "Ijtimoiy 
fanlar uchun qollanma" nomi bilan chop etildi. Yuqorida 
eslangan F.Bastia shu amerikalik olimdan ilhomlandi. 
G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH 
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari "Manfaatlar 
uyg`unligi" (1872) kitobidir. G.Kerining qarashlari Angliyaga 
qarshi ruhda edi. U Rikardon-
ing ta'limoti va Maltus 
aqidalarini rad qildi.G.Kerining metodologiyasi subyektiv 
idealizm va mexanitsizm bilan obyektiv iqtisodiy qonunlarni 
tabiat qonunlariga almashtirish bilan xarakterlanadi. G.Keri 
hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta'riflab berishga intildi. U 
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi olchovi deb, 
predmetga ega bolish uchun bartaraf qilish zarur bolgan 


qarshi harakat deb ta'rif berdi. U narxni predmetning ozini 
ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. 
Kapital odamlarning tabiat kuchlarini boshqarish 
imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol 
deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini 
tanqid qilib, uni yalpi kurash nazariyasi (ya'ni Rikardo shu 
nazariya yoli bilan goyo sinflar ortasida urushni avj oldirdi), 
deb hisobladi va Rikardoni "kommunizm otasi" deb,unga 
xuruj qildi.G.Kerining ozi esa rentani yer egalarining mehnati 
uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan aynan bir narsa 
deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta'limotida burjua 
jamiyatida "barcha chin va haqiqiy manfaatlarining tola-tokis 
uygunligi" mavjudligini isbotlamoqchi boldi. U taqsimot 
qonunini oz nazariyasiga asos qilib oldi. G.Keri proletariat 
bilan burjuaziya manfaatlarining bir xilligini goyo kapitalistik 
jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham 
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan 
kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin 
kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi boldi. G.Keri 
kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy kopayishi va 
ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib, 
ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika 
taraqqiyoti bilan bogliq.XIX asrda Kerining qarashlari, uning 
antagonistik jamiyatdagi manfaatlar uygunligi nazariyasi 
kopchilikka ma'lum bolib, burjuaziya siyosiy iqtisodini 
Gegellashtirishga katta ta'sir korsatdi. "Manfaatlar uygunligi" 
nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy 


iqtisodi qaytadan tiklamoqda. G.Keri yuqorida biz bayon 
etgan kapitalistik munosabatlarning bekamu kostligi, sinfiy 
manfaatlarning hamohangligi va boshqa "uygunliklar" 
togrisida kop yozdi. Lekin uning goyalari Bastiadan biroz farq 
qiladi. Keri qullikni qolladi (bu davrda AQSHning janubida 
hali qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati 
ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida 
sanoati pastligi tufayli unga muhtoj edi, chunki Angliya 
sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bolgan.Shular 
tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) 
siyosati togri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua 
jamiyatidagi sinflar ortasidagi manfaatlarning qarama-qarshi 
ekanligi kopchilikka ma'qul bolmay qoldi. Kerining fikricha 
Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bolib, millat, sinf, 
ijtimoiy guruhlar ortasida urush keltirib chiqaradi. Vaholanki, 
bu guruhlar ortasida bekamu kost uygunlik mavjud 
emish.Kerining "Manfaatlar uygunligi nazariyasi" asosida 
uning "taqsimot qonuni" yotadi, unga kora mehnat 
unumdorligining osishi bilan ish-chilar hissasi absolut va 
nisbiy jihatdan ussa, kapitalistlarniki esa aksincha pasayadi 
(tanish gaplar). Shunday yol bilan mehnat va kapital 
ortasidagi antagonizm yoq qilinadi. Bunda yaxshi ma'lum 
tezis - unumli kapital goyasidan foydalaniladi (unga kora 
tadbirkor qonuniy foyda olishi kerak). G.Kerining goyasi 
boyicha tovarning qiymati uni ishlab chiqar-ishga ketgan 
amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma'lum sharoitda 


sarflangan ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi (bu 
fikr ham ilgari eslangan). 
2. Qiymat va daromad nazariyasi 
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari 
bo'yicha ham o'z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, 
daromad, foyda va realizasiya bo'yicha g'oyalari diqqatga 
sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning 
g'oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. 
Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan 
mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g'oyasining «yangiligi» shu 
«qimmat o'lchovi»ni izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni 
sotib olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga 
ketgan mehnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi 
mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan 
iborat bo'lib, bu ko'rsatkich tirik va jonsiz mehnat plyus 
avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda 
qiymatning hosil bo'lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala 
sohasiga ko'chiriladi, iste'mol qiymati esa almashuv qiymati 
bilan qorishtirib yuboriladi. 
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o'ziga xos yo'l bilan talqin 
etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo'lidagi iqtisodiy 
kurashi o'rinsizligini iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo'ladi. 
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi 
o'rtasidagi qarama- qarshilikni rad etib, er rentasini tanqid 
qilgan edi. U Rikardoning renta to'g'risidagi nazariyasini 
davom ettirib, er rentasining davlat tomonidan qo'shib 


olinishi, ya'ni haqiqatda erni milliylashtirish (nasionalizasiya) 
qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill 
o'zining

Yüklə 81,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin