Sotilmasin!


Dangasalikni bartaraf qilish yo`llari



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

Dangasalikni bartaraf qilish yo`llari: 

 

a) Eng zo`r yo`li, uni do`stingizga aylantirib oling. U bilan do`stlashib 



oling. Agar siz unga qarshi urush ochadigan bo`lsangiz, u sizni minglab 

frontlardan qo`porib tashlaydi, sizga shunday hujum qiladiki, keyin bir 

umr o`zingizni o`nglolmay qolasiz. Yaxshi yo`li unga yaxshi muomala 

qilib,  u  bilan  kelishuv  tuzish  lozim.  Misol  uchun,  o`zingiz  bilan 

kelishib oling, haftaning besh kunida siz iroda quvvatingizga tayangan 

holatda  yashaysiz  va  sizning  aytganingiz  bo`ladi  hamda  dangasalik 

sizni bezovta qilmaydi. Qolgan ikki kunda esa siz butunlay sevgilingiz 

– dangasalik hazratlariga bo`yinsunasiz. U nima desa shu ishni qilasiz. 




37 

 

Kunbo`yi  dumalab  yot,  desa,  dumalab  yotasiz.  Kunbo`yi  televizor 



ko`ramiz,  desa  televizor  ko`rasiz.  Nimani  buyursa  shu  ishni  qilasiz. 

Ana  shunda,  tinchlik-omonlikda  uzoq  yillar  hamkorlik  qilishingiz 

mumkin; 

 

b) Dangasalikning asl ildizini ochib ko`rish kerak. Yana sabab ortidagi 



sababni  qidirib  topish  lozim.  Misol  uchun,  dangasalik  kasaliga 

chalinishingizga turli xil sabablar bo`lishi mumkin. Masalan, siz qilib 

turgan ishingiz natija bermasligidan qo`rqishingiz mumkin yoki siz u 

ishni  umuman  yoqtirmasligingiz  mumkin.  Agar  u  ishdan  zerikib 

qolgan  bo`lsangiz,  organizm  butunlay  bu  ishga  qarshilik  ko`rsata 

boshlaydi.  Bilsangiz,  bizning  miyamizni  ikki  xil  funksiyasi  bor: 

og`riqdan qochish hamda rohatga intilish. Iloji boricha, biz o`zimizga 

rohat  beradigan  ishlarni  qilishga  harakat  qilamiz,  og`riq  beruvchi 

ishlardan qochamiz. Siz sizga rohat beradigan ishni ertaga surasizmi? 

Yo  ertaga  kompyuter  o`ynayman,  deysizmi?  Yoki  sevimli 

teleserialimni ertaga tomosha qilarman, bugun charchadim, deysizmi? 

Yo`q,  albatta!  Demak,  sizning  ishingizdan  maza  ketgan.  Bu  asl 

sabablarning  sababi  hisoblanadi.  Endi  bu  yerda  nima  qilishimiz 

mumkin.  Biz  o`zimizni  qo`lga  olib,  miyamizni  boshqarishni 

boshlashimiz lozim. Biz qiladigan ishimizni sun`iy rohat emosiyasini 

hosil qilgan ravishda qilishimiz lozim. Tasavvur qiling, siz qilayotgan 

ish  sizga  rohat  beradi,  shunday  rohat  beradiki,  siz  unda  voz  kecha 

olmaysiz,  bu  yerda  siz  biroz  fantaziyangizdan  foydalanishingizga 

to`g`ri  keladi.  Tasavvur  qiling,  ertaga  siz  shu  erinib  turgan  ishingiz 

bilan shug`ullanasiz va rohat bilan shug`ullanasiz hamda siz hozir shu 

ishni  qilmayotganingizga  afsuslanyapsiz,  aynan  hozir  undan  rohat 

olmayotganingizga afsuslanyapsiz,  sizni  ertaga juda  ham ulkan rohat 

kutmoqda; 

 

c) Agar siz umuman kuchli dangasa bo`lsangiz, unda siz o`zingizni aldash 



strategiyasidan  foydalanishingizga  to`g`ri  keladi.  Tasavvur  qilaylik, 

siz  til  o`rganmoqdasiz.  Lekin  hamisha  ertaga  surib  yurasiz,  siz 

shunchaki  u  ishni  qilishni  ich-ichingizdan  xohlamaysiz.  Endi  e`tibor 

qiling,  siz  ertalab  turdingiz,  til  o`rganishni  xohlamayapsiz,  lekin 

o`zingizga  aytasiz,  kel  bir  betgina  o`qiyman,  so`ng  yana  maza  qilib 

yumshoqqina  divanimda  televizor  ko`rib  o`tiraveraman  deysiz.  Bir 

betga  miyangiz  vahima  qilmaydi.  O`qiysiz,  so`ng  qarasangiz,  juda 

oson,  kel  mayli  yana  bir  bet  o`qiyman,  deysiz,  so`ng  yana  bir  bet, 




38 

 

shunday  qilib  o`zingizni  aldab  30  bet  o`qib  qo`yganingizni  bilmay 



qolasiz. Agar bir kun ichida juda ham ulkan ish qilmoqchi bo`lsangiz, 

ichingizda  dangasalik  revolyusiyasi  boshlanadi.  Agar  kichik  ishni 

aytsangiz, u jon-jon deb rozi bo`ladi. Mana hurmatli dangasalar, sizlar 

bilan dangasalikdan qutulishning uch yo`lini ko`rib chiqdik, endi esa 

ishga! 

 

2) Prokrastinasiya  –  bugungi  ishni  ertaga  qoldirish.  Bu  kasallik  ham 



deyarli hammada uchraydi. Bu ham dangasalikning qiyofalaridan biri. 

Bugungi ishni ertaga surish odamzotning eng sevimli odatlaridan biri 

bo`lib qolgan, qolaversa har dushanbadan yoki oy boshidan yangicha 

hayot boshlayman, degan shirin va`dalar bilan o`zingizni aldab yurish 

sizning jonu-dilingizga aylangan shunday emasmi? Aslida buni o`ziga 

yarasha bir qancha sabablari bor, hozir ularni ko`rib chiqamiz. 

 

a) Xohlamayman, lekin majburman. Sizga  buyruq berishsa yoqadimi? 



Yo`q, albatta! Agar siz biron ishni qilishni yoqtirsangiz ham, sizga uni 

buyruq  sifatida  berishsa,  siz  jo`rttaga  u  ishni  qilmaysiz,  shunday 

emasmi?  Hech  kimga  buyruq  yoqmaydi.  Xuddi  shunday  sizning 

organizmingizga  ham.  Organizmga  buyruq  bersangiz,  u  jo`rttaga 

aytgan ishingizni bajarmaydi. Qachon siz majburman, desangiz, xuddi 

organizmga buyruq bergandek bo`lasiz, shu sabab majburman so`zini 

“xohlayman” so`ziga almashtiring. Misol uchun, men mijozlarim bilan 

ishlashga  majburman,  demang.  Men  mijozlarim  bilan  ishlashni 

xohlayman  va  men  buni  o`z  xohishim  bilan  tanladim,  deng.  Bo`ldi, 

organizm umuman qarshilik ko`rsatmaydi, aksincha sizga yordam bera 

boshlaydi; 

 

b) Perfeksionizm  –  xatolardan  qo`rqish  va  har  bir  ishni  mukammal 




Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin